Orolbo'yida ekologik loyihalar: Global ekologik muammoning mintaqaviy echimi yo'lida  

    2050 yilgacha suv resurslari Sirdaryo xavzasida 5 % gacha va Amudaryo  havzasida 15 % gacha kamayishish kutilmoqda

    Bugun AOKAda Oliy Majlis Senati Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo'mitasi raisi Boriy Alixonov, O'rmon xo'jaligi ilmiy-tadqiqot instituti direktori Abdushukur Hamzaev ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida mavzu yuzasidan ma'lumot berildi:

    Dunyoning barcha davlatlarini qamrab olgan bugungi kunning dolzarb ekologik muammolari barqaror rivojlanish yo'lidagi muhim to'siqqa aylandi. Markaziy Osiyo davlatlari ham iqlim o'zgarishining salbiy ta'sirini his qilmoqdalar. Jahon banki ekspertlarining fikricha, agar XXI asr oxirigacha hozirgi sur'atlarni saqlab qolsak, dunyodagi o'rtacha harorat 4 darajaga, Markaziy Osiyo davlatlarida esa 7 darajagacha ko'tariladi. Global iqlim o'zgarishi natijasida oxirgi 50-60 yil ichida muzliklar maydoni taxminan 30 % kamaydi. 2050 yilgacha suv resurslarini Sirdaryo havzasida 5 % gacha va Amudaryo havzasida 15 % gacha kamayishi kutilmoqda.

    O'zbekistonda Orol dengizining qurishi oqibatlari ta'sirini minimallashtirish choralari ko'rilmoqda. Orol dengizi xavzasida hozirgi kunda qariyb 2 million gektar maydonda erlarning degradatsiyasi va cho'llanish jarayonlari kuzatilmoqda. Oxirgi 4 yil ichida o'rmon barpo etish hajmi respublikada 10-15 barobar oshdi. Agar 2018 yilgacha yillik o'rmon ekish xajmi respublikada har yili 47-52 ming gektarda, shu jumladan Orol dengizining qurigan tubida har yili 17-18 ming gektarda bajarilib kelingan bo'lsa, 2019 yilda bu ko'rsatkich 501 ming gektarda, 2020 yilda 728 ming gektarda, 2021 yilda 458 ming gektarda bajarildi.

    Bundan tashqari Nukus, Xiva, Urganch va Buxoro shaharlari atrofida qum ko'chishining oldini olish, qum bo'ronlarining salbiy ta'sirini bartaraf etish maqsadida 30 km masofada “Yashil belbog'” tashkil etildi.

    Orol dengizining qurigan tubida va Orolbo'yi mintaqasida sodir bo'layotgan ekologik xolatni yaxshilash bo'yicha xalqaro tashkilotlar (PROON, UNEP, FAO, VB, GeF, EIB i dr.), hamda Turkiya, Xitoy i Isroil davlatlari bilan o'zaro xamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilgan.

    Masalan, O'zbekiston hukumati YUNESKO va BMT Taraqqiyot dasturining maqsadli jamg'armasi ko'magida “Orolbo'yida barqaror qishloq xo'jaligini rivojlantirish orqali inson xavfsizligini ta'minlashning dolzarb muammolarini hal etish” qo'shma loyihasi amalga oshirilib, mazkur loyiha doirasida 2020 yilda Qorakalpog'iston Respublikasi Taxtako'pir davlat o'rmon xo'jaligiga 312,2 ming AQSH dollari miqdorida 17 dona texnika va mexanizmlar etkazib berildi. O'rmonzorlar barpo etish ishlariga ko'maklashildi va 49 gektar maydonda pitomniklar tashkil etildi. Shuningdek, Qoraqalpog'istonning 100 nafardan ortiq o'rmon xo'jaligi mutaxassislari ishtirokida o'rmonzorlar barpo etishning innovatsion usullari bo'yicha o'quv seminarlar o'tkazildi.