Laboratoriya xodimlari tomonidan Oʻzbekiston hududida uchragan, shuningdek Oʻzbekiston Qizil kitobida kamyoblik darajasi “0” sifatida kiritilgan Omonqoʻton tangaoʻtining (Hedysarum amankutanicum B. Fedtsch.) Oʻzbekiston Milliy gerbariysida (TASH) saqlanayotgan yagona namunadagi, 1913-yilda terilgan gerbariysi bargidan foydalangan holda yadro DNK sini sifatli darajada ajratib olishga muvaffaq boʻlishdi.
Uzoq yillar davomida dala tadqiqotlarida topilmagan, yaʼni yoʻqolib ketgan deb taxmin qilinayotgan turni yadro DNK sini ajratib olish va buning uchun yangi metoddan foydalanilgani diqqatga sazovor.
Mazkur yangi metodni nafaqat Hedysarum amankutanicum uchun, balki boshqa yoʻqolib ketgan va eski namunadagi gerbariylardan DNK ajratib olish uchun ham foydalanish mumkin. Hozirda ushbu yangi metodga patent olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi Intellektual Mulk Agentligiga tegishli hujjatlar tayyorlanmoqda.