Milliy matbuot markazida “O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o'rinbosari Davron Vaxabov ishtirokida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida to'qimachilik sanoatida so'nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar va ularning mamlakat rivojiga hissasi tahlil etildi.
— Mamlakatimizda uzoq yillar davomida agrar sohaga shu jumladan, paxtachilik sohasiga yetarlicha e'tibor berilmadi, — dedi D.Vaxabov. — Na bozor iqtisodiyoti, na erga munosabat, na manfaatdorlik bor edi. Mablag', ilmiy innovatsiyalar jalb etilmadi. Oqibatda yerlar “charchab”, unumdorlik pasayib ketdi. Mahsulotni qayta ishlash, qo'shimcha qiymat olish bo'yicha tizim yaratilmagan, soha islohotlarga muhtoj yanachli ahvolga kelib kolgan edi. Sohaga yangi texnologiya va innovatsiyalarni joriy qilish maqsadida mamlakatimizda ilk paxta to'qimachilik klasteri 2017-yil martdagi Xukumatning tarixiy qaroriga muvofiq Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida eksperement shaklda joriy etildi.
Bosib o'tilgan vaqtni tahlil qiladigan bo'lsak, 2017-yilda tashqil etilgan “Baxt tekstil” MCHJ paxta to'qimachilik ishlab chiqarish tashkiloti respublikamizda etishtiriladigan umumiy paxta xom ashyosi bor yo'g'i 0,9 foizini tashil etgan bo'lsa, 2018-yilda tashil etilgan 15 ta paxta-to'qimachilik ishlab chiqarish va klasterlarining yetishtirgan paxta xom ashyosi ulushi 15,1 foizni, 2019-yilga kelib klaster tashabbuskorlarining soni 74 taga yetdi va ularning ulushi 68 foizni tashkil etdi, 2020-yilda tashkil etilgan paxta-to'qimachilik klasterlar soni 95 tani tashkil etib, ularing Respublikada yetishtiriladigan paxtada ulushi 91 foizni, va nihoyat, 2021-yildan boshlab barcha paxta ekiladigan paxta maydonlari 100 foiz to'liq paxta-to'qimachilik ishlab chiqarishlari va klaster tashkilotlari tomonidan yetishtirilishiga erishildi.
Bugungi kunda umumiy paxta yetishtiriladigan 1033 ming gektar madonlarda 122 ta paxta to'qimachilik klasterlari 877 ming gektar maydonda 28 206 ta fermer xo'jaliklari bilan o'zaro kooperatsiya asosida faoliyat ko'rsatib kelmoqda va 161 ming gektar paxta maydonlarida klasterlar o'zlari tomonidan xom ashyo yetishtirishni yo'lga qo'ydi.
Qishloq xo'jaligida yangi agrotexnologiyalarni joriy etish, xosildorlikni oshirishda samaradorlikni oshirish maqsadida klasterlar tomonida 14 mingdan ziyod qiymati 3,6 trln. so'm bo'lgan yuqori unumli qishloq xo'jaligi tehnikalari shu jumladan, 660 ta qiymati 1,2 trln. so'mlik paxta terish mashinalari sotib olindi. Shuningdek, barcha paxta-to'qimachilik klasterlarining erlarida tomchilab sug'orish texnologiyasini 160 ming gektarda joriy etish ishlari olib borilmoqda. Ushbu loyihalarning umumiy qiymati o'rtacha 320 mln. dollarni tashkil etadi.
Korxonalarimizda xalqaro standartlarni joriy etish mahsus sertifikatlarni ko'lga kiritish maqsadida O'zto'qimachiliksanoat uyushmasining bevosita ko'magi asosida Germaniyaning “Hohenstin”, Niderlandiyaning “Control union”, Belgiyaning “Amfori”, Germaniyaning “GIZ” yuqori nufuzga ega bo'lgan tashkilotlar bilan yaqindan aloqani o'rnatgan.
So'nggi 5 yil ichida sohada muntazam ish bilan ta'minlanganlar soni 1,9 barobarga oshdi. 2016-yilda 183 ming ish o'rinlari bo'lgan bo'lsa, xozirgi kunda 357 mingdan oshdi. 2021-yil yakuniga qadar 401 mingtaga etkaziladi yoki
2,2 barobarga oshirish kutilmoqda.
2016—2020-yillarda hududlarda to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida umumiy qiymati 2 263,1 mln. dollar bo'lgan 288 ta loyihalar amalga oshirildi va 53 977 yangi ish o'rinlari hamda 993,7 mln. dollar eksport salohiyati yaratildi.
Bugungi kunda sohada 7 mingdan ziyod korxona faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Tarmoq korxonalarining 2016-yildagi ishlab chiqarish hajmi 12,6 trln.so'm bo'lgan bo'lsa, 2020-yilning yakuni bilan ishlab chiqarish xajmi 3,4 barobarga o'sib 44 trln. so'mni tashkil etdi.