Qish eshik qoqyapti, mavsumga tayyormisiz?

    Toshkent viloyatida, 10 42 mahalla va 4 938 ko'p qavatli uylar mavjud bo'lib, ko'p qavatli uylarning 159 183 ta xonadonlarida jami 471 841 nafar aholi istiqomat qiladi.

    Yilning sovuq mavsumi hamma vaqt sinov davri hisoblanadi. Kuz-qish mavsumining betalofat o'tishi mavsumga qay darajada puxta tayyorgarlik ko'rilishiga bog'liq.
    To'g'ri-da, hademay sovuq, qish-qirovli kunlar boshlansa xonadonlarda, muassasa va ob'ektlarda isitish tizimlari ishga tushiriladi va issiqlik ta'minoti ob'ektlari va uskunalarining katta bosim bilan ishlashiga to'g'ri keladi. Agar mazkur tizimlarda biror muammo va kamchilik bo'lsa, bu muammolar ortidan yana boshqa ko'plab muammolar, tashvishli holatlar yuzaga kelishi turgan gap. Bu kabi muammolarga duch kelmaslik uchun ayni kunlarda tayyorgarlikni puxta qilish talab etiladi.

    Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati tomonidan tashkil qilingan, "Aholi murojaatlari bilan ishlash, muammolarini o'rganish va hal etish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni yanada kuchaytirish" mavzusidagi matbuot anjumani ham kuz va qish mavsumiga hudud misolidagi tayyorgarlik jarayonlari va amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag'ishlandi.

    Bugungi kunda Toshkent viloyatida, 10 42 mahalla va 4 938 ko'p qavatli uylar mavjud bo'lib, ko'p qavatli uylarning 159 183 ta xonadonlarida jami 471 841 nafar aholi istiqomat qiladi.

    Anjumanda ta'kidlab o'tilganidek, Prezidentimizning 2017 yil 24 apreldagi “2017-2021 yillarda ko'p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan 2017-2021 yillar davomida mahalliy xokimlik mablag'lari, boshqaruvchi tashkilotlar hamda homiylik mablag'lari xisobidan ja'mi 3662 ta ta'mirtalab holatdagi ko'p kvartirali uylar mukkammal va joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilgan. Jumladan: 19 360kv.m tom qismi, 11542 ta kirish yo'laklari, 2653 ta ichki muhandislik tarmoqlari, 1 792 uylarning fasad qismlari mukammal ta'mirdan chiqarilib, 5 360 ta kodli temir ta eshiklar o'rnatildi. Ko'p kvartirali uylarga tutash hududlarga 15 465 p/m irrigattsiya tarmoqlari tortildi. SHuningdek 156 ta bolalar maydonchasi, 96 ta “Workaut” sport maydonchalari qurib foydalanishga topshirilgan.

    Toshkent viloyatidagi mavjud ja'mi 369 ta UJMSHlardan 171 ta og'ir toifadagi uy-joy mulkdorlari shirkatlari tugatilib, ochiq tanlov o'tkazish yo'li bilan 37 ta boshqaruv servis kompanyalariga biriktirib berilgan. Bugungi kunda ushbu boshqaruv servis tashkilotlari shartnoma asosida 2025 ta ko'p kvartirali uylarga xizmat ko'rsatib kelmoqda. Bundan tashqari tashkil etilgan boshqaruv servis kompaniyalarining har birida 24 soatlik dispecherlik markazi mavjud bo'lib, 37 ta boshqaruv servis kompanyalarining ya'ni, CHirchiq, Angren, Ohangaron, Olmaliq, Nurafshon shaharlari YAngiyo'l, Bekobod, Bo'ka, Zangiota, tumanlari o'z ma'muriy binosida qurilish ishlari yakunlandi.

    Matbuot anjumanida viloyat hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo'jalik masalalari bo'yicha o'rinbosari Barhayot Meliev, hududlarda ko'p kvartirali uylar, ijtimoiy soha ob'ektlarida issiqlik, ichimlik suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta'minoti bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar, aholi murojaatlari bilan ishlash, muammolarini o'rganish va hal etish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni yanada kuchaytirish maqsadida olib borilayotgan sa'y-harakatlar to'g'risida jurnalistlarga o'z hisobotini taqdim etdi.

    Toshkent viloyat uy-joy xizmat ko'rsatish boshqarmasi boshlig'i SHamsiddin Mannapov esa, ko'p qavatli xonadonlarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, aholiga uy-joy kommunal xizmatlari ko'rsatishni tubdan yaxshilash, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, Boshqaruv servis kampaniyalarining faoliyati sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma'lumot berdi.

    “Hududgaz Toshkent” gaz ta'minoti filiali direktori Muzaffar Aliev sohaga oid, tabiiy gaz ta'minoti tizimlarini mavsumga tayyorlash, gaz etkazib berish, tabiiy gaz hisobini avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish borasidagi jarayonlar xususida so'z yuritsa, viloyat “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasi boshlig'i Oybek Ochilov aholiga uzluksiz issiqlik ta'minotini etkazilishini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar, issiqlik energiyasi bo'yicha narxlarni shakllantirish va tariflarni belgilash mexanizimi borasidagi jarayonlar haqida so'z yuritdi.

    “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyati bosh texnik direktori Dinmuhammad Begmanov elektr energiyasi etkazib berish tizimidagi kuz-qish mavsumiga ko'rilgan tayyorgarliklar xususida yig‘ilganlarga ma'lumot berdi.

    Gulichehra DURDIEVA,

    “YAngi O'zbekiston” muxbiri