Qizamiq: Mavsumiy kasallik boʻlib, asosan qish va bahor oylarida uchraydi

    Salomatlik 12 Noyabr 2021 157460

    Qizamiq —tana haroratining koʻtarilishi, yuqori nafas yoʻllari, koʻz shilliq pardasi, ogʻiz boʻshligʻining yalligʻlanishi va terida qizil, yirik dogʻli toshmalar toshishi orqali belgi beradi.

    Kasallik qoʻzgʻatuvchisi virus hisoblanib, bemor yoʻtalganda, aksirganda, gaplashganda tupugining mayda tomchilari havoga tushadi, keyin nafas yoʻllari orqali sogʻlom bola organizmiga oʻtadi.

    Kasallikning yashirin davri 6-18 kun.

    Belgilari:

    — Bolaning darmoni qurib, injiq boʻlib qoladi;

    — Ishtahasi yoʻqolib, tez-tez ichi ketadi.

    — Katta yoshli bolalarda bosh ogʻrigʻi, qusish, burun qonashi, qorin ogʻrigʻi kuzatiladi.

    — Toshma toshish davrida bemor qayta isitmalamaydi, tomogʻi qizaradi. 4-6 kunga kelib oʻziga xos qizil, yirik dogʻ toshmalar toshib bir necha soatda butun yuzga yoyiladi.

    Belgilari deyarli sezilmaydigan mazkur kasallik oʻtkir boshlanib, tana harorati koʻtariladi, quruq yoʻtal tutib, koʻz qizarib yoshlanadi, yorugʻlikka qaray olmaydi.

    Yuqoridagi holatlar kuzatilgach, lunj shilliq pardasi atrofida mayda qizil-oq dogʻlar paydo boʻladi. Shundan 2-3 kun oʻtgach, badanga toshma toshadi. Demak, kasallikni vaqtliroq payqash mumkin.

    Qizamiq 2 yoshgacha boʻlgan, shuningdek, yosh, nimjon bolalar uchun ayniqsa, xavfli. Shu sababdan, ularni qizamiqdan juda ehtiyot qilishimiz kerak.

    Oʻn ikki oylikdan boshlab qizamiq, qizilchaga qarshi emlash muhim ahamiyatga ega.

    Mavsumiy kasallik boʻlib, asosan qish va bahor oylarida uchraydi.

    Bemor tuzalgach, bir umrga organizmida kasallikka qarshi immunitet qoladi.

    Kasallikning oldini olishda eng yaxshi vosita — profilaktik emlash hisoblanadi.

    Kasallikka yuzaki qarab, davo choralari koʻrilmasa, Zotiljam (oʻpka yalligʻlanishi), tomoqning shishi, oʻrta quloqning yalligʻlanishi (otit), ichak kasalliklari kabi asoratlar qoladi.

    Internet materiallari yordamida Feruza Joʻrayeva tayyorladi.