Xalq ta’limi vazirligining Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamda Singapurning “Six Clouds PTE. LTD” kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida memorandum imzolangan edi. Unga asosan, mamlakatimizda pedagoglar malakasini oshirishda Singapur tajribasidan foydalanish, aniq, tabiiy fanlar va chet tillarni o‘qitishda zamonaviy metodlarni joriy qilish, o‘qituvchilarning darsga tayyorgarlik ko‘rish kompetensiyasini rivojlantirish, rahbar kadrlarning boshqaruv sohasidagi ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun mahorat darslari o‘tish ko‘zda tutilgan. ikki oydirki, singapurlik ekspertlar pedagoglarimiz uchun maxsus o‘quv kurslari o‘tkazyapti.
Muxbirimiz “Six Clouds PTE. LTD” kompaniyasi asoschisi va rahbari Richard Vun bilan Singapur ta’lim tizimining ilg‘or tendensiyalari va O‘zbekiston ta’lim tizimida erishilayotgan natijalar haqida suhbatlashdi.
— Ikki oy oldin soha mutasaddilari bilan O‘zbekistonda xalq ta’limini rivojlantirish rejasini muhokama qilganmiz va muayyan o‘zgarish lar kiritilishi kerakligi haqida xulosaga kelganmiz. Shu asosda tizimni takomillashtirish uchun bir necha muhim vazifani belgilab oldik, — deydi Richard Vun.
Birinchidan, bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning oliy ta’lim muassasalarida sifatli pedagogik ta’lim olishini ta’minlash lozim. Chunki aynan mana shu omil dunyodagi har qanday o‘qitish tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ikkinchidan, o‘quv dasturlarini yana bir bor ko‘rib chiqish kerak. Tahlil qilganimizda, amaldagi o‘quv dasturlari mazmuni o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun juda og‘ir va murakkab tarzda shakllantirilgani ma’lum bo‘ldi. Shu bois, milliy o‘quv dasturini yana bir bor nazardan o‘tkazish va unga kompetensiyaviy ta’limni singdirishni taklif etdik.
Uchinchidan, pedagoglarni qayta o‘qitish va kasbiy tayyorlash tizimini markazlashtirish orqali ta’lim sifatini ko‘tarish maqsadga muvofiq. Biz esa ularga faoliyati davomida asqatadigan mahorat va kompetensiyani o‘rgatamiz.
Malakali pedagog kadrlar tayyorlash uchun hamma hududda milliy pedagogika markazi tashkil etilishi va barcha yangi o‘qituvchilar malaka oshirish uchun ushbu markazlarga yuborilishi zarur. Shunda o‘qituvchilarni hozirgi standartlarga mos ravishda bir xil tayyorlash va malakasini oshirishga erishiladi.
Maktablarning o‘quv rejasi ham juda murakkab tuzilgan. 16sinf o‘quvchilari o‘zlashtirishi uchun juda ko‘p fanlar kiritilgan. Shu bois, e’tiborni dunyoda keng qo‘llanayotgan asosiy fanlarga qaratish orqali o‘quv rejasini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildik. Ta’limda samaraga erishish uchun asosiy fanlarni yanada soddalashtirish kerak. Bu darsda o‘quvchilarning muammolarni mustaqil hal qila olishi, keng dunyoqarashga va XXI asr ko‘nikmalariga ega bo‘lishiga xizmat qiladi. Xalq ta’limi vazirligiga zarur modelni qabul qilib, uni sinovdan o‘tkazishi va natijaga erishishi uchun muhlat berish lozim. O‘qitish jarayoniga teztez o‘zgartirish kiritish uning samarasi uchun qilinayotgan sa’yharakatlarni yo‘qqa chiqaradi.
— Singapur ta’lim tizimi haqida so‘z ketganda, “moʻjiza” so‘zi qo‘llanadi. PIRLS tadqiqotida ham Singapur aholisining savodxonlik darajasi dunyoda eng yuqori ekani ta’kidlanadi. Mamlakatingiz ta’lim tizimida erishilayotgan muvaffaqiyat siri nimada?
— Bu natijaga erishish oson bo‘lmaganini aytib o‘tmoqchiman. Fikrimcha, hammasiga sabab mashaqqatli mehnat, oqilona boshqaruv tizimi, korrupsiyaga mutlaqo toqatsizlik. Eng muhimi, xalqimiz pragmatik va meritokratiyaga ishonadi. Mamlakatimizda tabiiy resurslar mavjud emasligi tufayli Ta’lim vazirligi yosh avlod ta’limtarbiyasiga katta sarmoya kiritib, jamiyatning barcha jabhasida mustahkam o‘rin topishi uchun ularni zarur ko‘nikma bilan ta’minlamoqda. Mutaxassislarimiz fikricha, mamlakatimiz ishchi kuchi hozirgi va kelgusidagi global iqtisodiy o‘zgarishlarga moslashuvi uchun yuqori malakaga ega bo‘lishi kerak. Aholimizning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlash uchun katta mablag‘ sarfladik. Bu borada Singapur Ta’lim vazirligining xizmati katta. Mamlakatimizda o‘quvtarbiya jarayoni maktabgacha ta’limdan boshlab juda yaxshi tashkil etilgan. Bu yo‘lda biz rivojlangan davlatlarning eng yaxshi tajribalarini o‘rganib, amaliyotga joriy etganmiz.
Singapur ta’lim tizimining muvaffaqiyatiga yana bir sabab davlatning kelgusi taraqqiyot strategiyasini puxta ishlab chiqishidir. Misol uchun, keyingi 1020 yilda qaysi sohalarni rivojlantirish kerakligiga qarab zarur fanlarni maktabda va universitetda o‘qitishni kuchaytiramiz. Bu juda ham mashaqqatli yo‘l. Biz bu o‘zgarishlarni aqlli, bilimli insonlar bilan birga amalga oshiramiz. Shu bois, qayoqqa ketayotganimiz haqida oldindan aniq muayyan tushunchaga egamiz.
— Singapurda o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash tizimining o‘ziga xosligi nimada? O‘zini o‘zi rivojlantirishi uchun pedagoglarga qanday imkoniyatlar taqdim etilgan?
— Singapurda o‘qituvchilik shunchaki kasb emas. Maktabda dars berishdan oldin nomzod universitetda o‘qib, bir qancha bosqichlardan, trening va tayyorgarliklardan o‘tishi kerak. Chunki o‘qituvchilar darsni bir xil sur’atda o‘tgani bilan dars berish metodikasi har xil bo‘ladi. Bu ilm olish muvozanati buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu orqali biz mamlakat bo‘ylab bir xil ta’lim berilishini ta’minlaymiz. Bir vaqtning o‘zida davlatning bu burchidagi o‘qituvchi bir mavzuni, narigi tarafidagi esa boshqa mavzuni o‘rgatishini xohlamaymiz. Bu ham ta’lim tizimimiz yutug‘i, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
Maktablarda yosh o‘qituvchilar tajribali pedagoglar mahoratini o‘zlashtirishi uchun ustozshogirdlik tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Shu tariqa maktab klasteri yetakchi muallimlarning o‘z bilimini birbiri bilan o‘rtoqlashish hamda milliy miqyosda tajriba almashish imkoniyatini yanada kengaytiradi. O‘qituvchilar professional kurslar orqali bilim va ko‘nikmasini oshirish uchun tashabbus ko‘rsatishi mumkin. Ularning aksariyati Ta’lim vazirligi tomonidan qo‘llabquvvatlanadi.
Yana bir muvaffaqiyatli jihat: “6+9”. Buni quyidagicha tushuntiraman. Masalan, har birimiz alohida insonmiz va dunyoni har xil ko‘ramiz. Men bir raqamni “9” deb ko‘rsam, kimdir uni “6” deydi. Bu esa har doim o‘zaro qaramaqarshilikni keltirib chiqaradi. Mohiyat esa raqamning “6” yoki “9” ligida emas, mana shunday qaramaqarshilikka qaramay, qanday qilib birgalikda ishlay olishimiz mumkinligida. “6” otaonalar bo‘lsa, “9” o‘qituvchilar va maktab. Mana shu ikki taraf o‘rtasida hamisha kelishmovchilik bo‘lib turadi. Bizda ular o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatilgan. Shu bois, ta’lim tizimimiz jahonda eng oldingi o‘rinlarga chiqib olgan. O‘zbekistonda ham mana shu ikki qatlam o‘rtasida ittifoq o‘rnatilsa, ta’limda ko‘tarilish boshlanadi.
— O‘zbekistonlik pedagoglarning salohiya tini qanday baholaysiz? Ularning yutuq va kamchiliklari, bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqidagi fikrlaringiz biz uchun qiziq.
— O‘zbekistondagi o‘qituvchilarning malakasi yuqori. Ayniqsa, matematika o‘qituvchilarining bilimi va ko‘nikmasi sezilarli darajada yaxshi. Ko‘zga ko‘rinarli kamchilik sifatida dars o‘tish metodi hamda murakkab ta’lim tizimini aytish mumkin. Aytaylik, mening 5 ta doktorlik diplomim bor, lekin bilimimni o‘quvchiga yetkazib bera olmasam, bu ta’lim sohasidagi bir qancha katta muammolarga sabab bo‘lishi tabiiy. Sirdaryodagi treninglarimni quyidagicha boshlayman: “Agar davlatingizga iqtidorli insonlar kerak bo‘lsa, siz ulardan biri bo‘ling”.
O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri bilan suhbatda ham xuddi shu haqda gaplashdik. Mamlakatingizda o‘qituvchilarning nega shu sohani tanlagani, kasbi unga nima berayotgani, ulardagi ichki motivasiyani aniqlovchi so‘rovnomalar o‘tkazilmaydi. Singapurda bu tajribadan uzoq yillardan beri foydalanib kelinyapti. Chunki ta’lim berish shunchaki kasb emas, balki birinchi galda ishtiyoqdir. O‘qituvchilik deganda uzzukun mehnat qilishni, muhim va bir oz mashaqqatli vazifani tushunamiz. Agar insonning yuragida o‘qituvchilikka ishtiyoq yonmas ekan, u bu ishlarni uddalay olmaydi. Hozircha mamlakatingizda yoshlarning o‘qituvchilikka ishtiyoqini aniqlab beradigan mexanizmni ko‘rganimiz yo‘q.
Ikkinchidan, o‘qituvchilarning bir xil sifat va darajadagi malaka oshirish treninglaridan o‘tishini ta’minlash muhim. Mana shu ikkita omil malakali pedagoglar tayyorlashga puxta zamin hozirlaydi, deb ishonaman. Bu orqali o‘n yilda O‘zbekiston ta’lim sohasida ulkan natijalarga erishishi mumkin.
Biz yurtingizda uchratgan o‘qituvchilar juda bilimli, tajribali. Biroq o‘quvchilar bilan samarali muloqot qila olmasangiz, bu bilim unchalik foydali emas. Matn va formulalarni yodlash tajriba yoki vizual o‘rganish bilan belgilanmaydi. Pedagogika g‘oya va bilimlarni uzatish uchun foydalaniladigan usuldir. O‘qituvchilar bu yo‘nalishda o‘zini takomillashtirishi zarurligini his qildik va ular bilan tajriba almashish uchun mamlakatingizdamiz.
Shu o‘rinda matematika fanining ahamiyati haqida gapirib o‘tmoqchiman. Bu fan hayotda asqatadigan eng muhim fanlardan. Siz bankda ishlaysizmi yoki maktabdami — matematika, albatta, kerak. Shu bois, biz matematika fanini o‘qitishni tezlashtiruvchi mediakurslar ishlab chiqqanmiz. Bu dastur 4 yil oldin Prezident maktablarida tatbiq etilgan. Hozir ushbu maktablar dasturiy ta’minotimizdan foydalanmoqda. U o‘quvchilarni muammolarini hal etishda kreativ yondashishga undaydi. Hammamiz 1+1=2 ekanini yaxshi bilamiz, lekin uni qanday qilib 10 ga aylantirish kreativlik talab etadi. Biz o‘quvchilarni mana shunga o‘xshash muammolarga kreativ yechim topishga o‘rgatamiz. Hozir vazirlik tasarrufidagi maktablarda ham shu dasturdan foydalanish bo‘yicha muhokamalar o‘tkazyapmiz.
Prezident maktablarida tadqiqot o‘tkazganimizda ushbu dastur matematik formulalarni qanday qilib, qaysi vaziyatlarda qo‘llash bo‘yicha o‘quvchilar tasavvurini rivojlantirganini ko‘rdik. Masalan, bolalar algebra va geometriya darslarida juda ham ko‘p matematik shakl va tushunchalarni o‘rganadi. Lekin ularni qayerda, qanday qo‘llashni bilmaydi. Bu dastur o‘quvchilarning o‘rganayotgan bilimini yaxshiroq va tezroq eslab qolishiga yordam beradi hamda undan hayotda qanday vaziyatlarda qo‘llash bo‘yicha tasavvurini kengaytiradi.
— Ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikdan qanday natija kutilyapti?
— Bu savolga javob berish bir oz vaqt talab qiladi, deb o‘ylayman. Bu yo‘lda asosiy vazifani qat’iyat hal etadi. Nega deganda, o‘zgarishlar qiyin va uzoq muddatli jarayon, faqat qat’iyat va fidoyilik orqaligina ularni ro‘yobga chiqarish mumkin. Agar biror natijaga erishish haqida gapirsak, ana shu ikki jihatni o‘zimizda qaror toptiraylik. Shundagina biz olib kirayotgan o‘zgarishlar muvaffaqiyat keltiradi.
“Yangi O‘zbekiston” muxbiri
Risolat Madiyeva suhbatlashdi.