Bu haqda 1-may kuni Rospotrebnadzor Epidemiologiya markaziy ilmiy-tadqiqot institutining sekvensiya texnologiyalariga asoslangan yangi diagnostika usullarini ishlab chiqish ilmiy guruhi rahbari Komil Hafizov maʼlum qilgan edi.
“VA.2 holatlari doimiy ravishda oʻsib borib, barcha yangi kasalliklarning 90% dan ortiq ulushini tashkil etdi, biz bu stels-Omikron shtammi butun pandemiya tarixida eng transmissiyaga ega variant ekanligini aniqladik”, - tasdiqladi uning soʻzlarini TASS.
Xitoylik olimlar “Omikron” va “stels-Omikron” kabi yangi versiyadagi shtammlar yuzaga kelishini xabar qilgan edi. Koronavirusning bu shtammi SARS-CoV-2 variantidan mutatsiyaga uchragan boʻlib, avval odamdan mushukga, soʻngra mushukdan sichqonchaga, soʻngra kemiruvchilardan insonga oʻtgan. Olimlar odamlar, sichqonlar, mushuklar, choʻchqalar, otlar, qoʻylar, itlar va kalamushlarda koronavirusning turli shtammlari tikanlarining ACE2 retseptorlari bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganib, tegishli xulosaga kelishdi.
Eslatib oʻtamiz, Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilgʻor texnologiyalar markazida virus genomini oʻrganish (sekvenlash) boʻyicha oʻtkazilgan taxlillarda 67 foizida omikron va 33 foizida omikron shtammining yangi mutatsiyadagi Stealth-Omicron BA.2 varianti topilgan. Bu haqida 23-iyun kuni Bahodir Yusupaliyev maʼlum qildi.