Toshkentdagi 10 ta koʻchada alohida yoʻlaklar tashkil etish rejalashtirilmoqda

    Urbanizatsiya 22 Yanvar 2021 659

    Avtobus, yoʻnalishli taksi, tez tibbiy yordam, oʻt oʻchiruvchi mashinalar harakati uchun Toshkent shahridagi 10 ta koʻchalarda alohida ajratilgan yoʻlaklar tashkil etish rejalashtirilmoqda.

    Bunda, Toshkent shahridagi 10 ta koʻchalar:

    1. Bobur koʻchasi (Xalqaro aeroport bekatidan Seul koʻchasi kesishmasi);

    2. Furqat koʻchasi (Seul koʻchasidan Islom Karimov koʻchasi kesishmasi);

    3. Kichik halqa aylanma yoʻli (Shota Rustaveli koʻchasidan Farxod koʻchasi kesishmasi);

    4. Farxod koʻchasi (Kichik halqa aylanma yoʻlidan Lutfiy koʻchasi kesishmasi);

    5. Lutfiy koʻchasi (Farxod koʻchasidan Muqimiy koʻchasi kesishmasi);

    6. Muqimiy koʻchasi (Lutfiy koʻchasidan Shota Rustaveli koʻchasi kesishmasi);

    7. Fargʻona yoʻli koʻchasi (Qoʻshkoʻprik koʻchasidan Qoʻyliq ota koʻchasi kesishmasi);

    8. Istiqbol koʻchasi (Nukus koʻchasidan Shahrisabz koʻchasi kesishmasi);

    9. Axmad Donish koʻchasi (Toshkent halqa aylanma yoʻlidan Nurafshon koʻchasi kesishmasi);

    10. Sebzor koʻchasi (Nurafshon koʻchasidan Abdulla Qodiriy koʻchasi kesishmasi)ga qadar alohida yoʻlaklar ajratish koʻzda tutilmoqda.

    Toshkent shahrida yoʻlovchilarni samarali tashish uchun shahar ichidagi avtobuslarni manziliga belgilangan vaqtda va tezda harakatlanishi hozirgi kunda, jamoat transportining asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun, odatda “Avtobus” yoki deb “A” deb nomlanadigan maxsus ajratilgan yoʻllarni jamoat transporti uchun belgilash rejalashtirilmoqda.

    Maxsus yoʻnalishlarni yaratishning asosiy omili - avtobuslar har doim ham oʻz toʻxtash joylariga belgilangan vaqtda yetib borishi va tirbandliklarga tushib qolmasliklariga erilishilishidir. Shu bilan bir qatorda, avtobuslarni harakatlanish vaqtida boshqa yengil mashinalarga halaqit qilmasliklarini ham taʼminlaydi.

    Shu bilan birga, mazkur yoʻlaklar jamoat transportida harakatlanish vaqtini oldindan aytib berilishi imkoniyatini yana-da oshiradi, bundan tashqari, jamoat transportining jozibadorligini oshishiga ham sabab boʻladi. Shuningdek ajratilgan qatnov yoʻllari jadvalga rioya qilgan holda, yoʻlovchilarni shaharning bir nuqtasidan boshqa bir nuqtasiga tezkorlik bilan yetib olishlari imkoniyatini yaratadi.

    Ajratilgan yoʻlaklarda boshqa turdagi transport vositalarining harakati

    Tirbandliklarni bartaraf etish hamda yoʻlovchilarni oʻz vaqtida tashish bilan bir qatorda, ajratilgan chiziqlar favquloddagi xizmat mashinalari (tez tibbiy yordam va oʻt oʻchirish transport vositalarining) ishlarini tezkorlik bilan bajarishiga yordam beradi.

    Shuni taʼkidlash kerakki, alohida ajratilgan yoʻlaklarda shaxsiy avtoulovni boshqarish taʼqiqlanadi.

    Shuningdek, yoʻnalishli taksi, maxsus taksi xizmatlari hamda velosiped orqali harakatlanuvchilar belgilangan qoidalarga asosan mazkur yoʻllardan foydalanishlari mumkin boʻladi.

    Alohida ajratilgan yoʻlaklar ishga tushirilgan vaqtda yengil avtotransport vositalari mazkur yoʻlaklar yonida oʻzlarini qanday tutishlarini bilishlari lozim.

    Xususan, harakatlanish davomida, noxush holatlar yuzaga kelmasligi va avtoulovlar jamoat transportiga halaqit bermasligi uchun yoʻl harakat xavfsizligi xodimlari aholini oldindan ogohlantirishlari hamda jamoat transportining ustuvorligini targʻib qilishlari kerak boʻladi. Ommaviy axborot vositalari hamda reklama ustunlarida alohida ajratilgan yoʻlaklar va tushunarli tasvirlar bilan reportajlar, ijtimoiy reklamalar yoritish lozim.

    Alohida ajratilgan yoʻlaklar paydo boʻlganidan soʻng, oyning birinchi oʻn kunligida yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan jarimalarni qoʻllamasdan, haydovchilar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazishlari zarur boʻladi.

    Jamoat transporti rivojlanishi, qulay boʻlishi va yoʻnalish jadvaliga muvofiq ishlashiga erishish uchun aholi oʻrtasida jamoatchilik talabini shakllantirishga qaratish zarur. Shahar aholisi, alohida ajratilgan yoʻlaklarni hayotga tadbiq etishni rad etsa, fuqarolar shaxsiy mashinalarda harakatlanishga oʻtishga majbur boʻladi, bu esa oʻz navbatida shahar tirbandlikda qolishiga zamin yaratadi.