O'lkamizda anorning 3 xil turi va 69 dan ziyod navlari xisobga olingan bo'lib, achchiq anorning o'zi 3 xil nav — “Asl qayin”, “Past qayin” va “Qizil bosh”dan iborat. Nordon anorlar xam 3 xil navga ega bo'lib, ular
“Asl qubodiyon”, “Ko'k teri”, “A'lo qayin”dir. Shirin anor ikki xil navga ega. “Katta qizg'ish” va “Sariq tun” deb ataladigan ushbu navlardan keltirib chiqarilgan “Qora marvarid", “Oq dona” (tuyatish – Namangan) va boshqalar dasturxonimiz bezagi bo'lib kelmoqda.
Anor maxsulotiga bo'lgan talabning kattaligi va extiyojmandligi sabab AQSHning Koliforniya shtatida kashf qilingan urug'siz anor navi bu — “Vonderful” bo'lib, issiq iqlim sharoitida sifatli va serxosil meva beradi, xar qanday tuproq va ishqorli tuproqlarda yaxshi rivojlanadi, mevasi sentyabr oyida pishib yetiladi.
O'lkamiz hududlarida rayonlashtirish ishlari bir necha yildan beri olib borilmoqda va ekilgan.
Anor ko'chati asosan 4 xil usul bilan ko'paytiriladi:
Birinchi usulda anor donasidan yetishtiriladi, ammo bu usulda niholning o'sishi sekin va sertikan bo'lib, mevasi uncha katta bo'lmaydi.
Ikkinchi usulda meva daraxt tagidan va tanasidan o'sib chiqqan yovvoyi novdalardan olib ko'paytiriladi. Bunday ko'chat tez o'sadi, ammo hosili kam bo'ladi.
Uchinchi usulda daraxt shoxlaridan novda kesib olinib ekiladi, bu usuldagi nixol sekin o'sadi, ammo xosildorligi yuqori bo'ladi. Meva qilgan novdalardan olinsa maqsadga muvofiq bo'ladi.
To'rtinchi usulda anor daraxti novdalaridan biri egilib, yerga ko'miladi. Bu usul “palgari”, Farg'ona vodiysida “tizza” deb aytiladi hamda tez amal olib, xosildorligi xam yuqori bo'ladi.
Eng ma'qul va yaxshi amal bo'lmish to'rtinchi usulni bahorda — anor ochilib yer tekislangach, meva qiladigan yoki extiyotsizlik qilib yarmi singan novda daraxt yoniga ko'miladi.
Ikki yildan keyin o'tkazib, yaxshi ildiz olgan ko'chatlar kovlab olinib, boshqa ochiq joydagi yerga ekiladi. Anor ko'chatini yetishtirishning eng oddiy va arzon usuli — bu ildiz bachkilaridan va ulardan chiqqan novdalari bilan qalamcha ekib, ko'chat tayyorlashdir. Qalamcha qilinadigan novdalar kuzda, anor barglari to'kilib bo'lgandan keyin kesib olinadi.
Qalamchalar anor hosili terib serxosil tuplar aniqlangach tayyorlanadi. Ayrim xollarda ko'klamda anor tupi ochilgach, to kurtak chiqarguncha tayorlasa xam bo'ladi. Tayyorlangan qalamchalar 25-30 sm uzunlikda bo'lib 20-30 donadan bog'lanib, bir necha soatga quyoshga tindirilgan suvga solib qo'yiladi va oralig'i 15 santimetrdan yerga ekiladi.
Yer usti qismi 5 santimetrdan ziyod bo'lmasligini e'tiborga olgan holda ekiladi. Qalamchalar 4-8 xaftada ildiz olib, kurtak oladi. 2-3 oyda suv bilan birga, suvda yaxshi eruvchi o'g'itlar bilan oziqlantirish, o'ta issiq xaroratlardan va suvsizlikdan saqlash choralarini bajarish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Ob-havo va tuproq sharoitiga qarab o'sish davrida 10-15 marta sug'oriladi, bu quyidagicha bajariladi: aprelda – 1, mayda – 3-4, iyunda – 3, iyulda – 3, avgustda – 2, sentyabrda – 1 marta sug'oriladi.
Anor shoxlari sekin o'suvchi, tez sinuvchi va nozik bo'lib, balandligini 3-3,5 metrdan oshirmaslik maqsadga muvofiq bo'ladi.
Shifobahsh, extiyoji baland eksportbop, issiqsevar anor maxsulotiga bo'lgan talabning kattaligi, tuproq deyarli tanlamasligi bu o'simlikning xammabopligini ta'min etib, bog'bon va tadbirkorlarga ko'paytirish uchun tavsiya etiladi.
Zayniddin Fayzullayev,
O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bosh mutaxassisi.