Prezident Qonunchilik palatasi majlisida ishtirok etdi
Toshkent shahrida 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Oʻttiz yetti milliondan ortiq aholiga ega boʻlgan Oʻzbekistondek katta davlatning parlamenti aʼzosi boʻlish, shubhasiz, har bir deputat uchun ulkan sharafdir, dedi Prezident.
Bugungi majlis mamlakatimiz hayotidagi muhim sana – davlatimiz bayrogʻi qabul qilinganligining 33-yilligi bilan bir kunda oʻtayotganligida ramziy maʼno mujassamligi taʼkidlandi.