Maqolada Qoʻqon Markaziy Osiyodagi eng qadimiy shaharlardan biri ekanligi maʼlum qilingan. “Shahar haqidagi ilk maʼlumotlar X asrga oid manbalarda uchraydi, — deb yozadi muallif. – Qadimiy manbalarda shahar turli nomlarda keltiriladi”.
Arxeologik tadqiqotlar davomida shahar dastlab qadimgi Dovon davlati tarkibida boʻlgani aniqlangan. Keyinchalik, hozirgi Qoʻqon hududlari 1500-yildan to 1709-yilgacha Buxoro xonligi, soʻngra Ming sulolasi boshchiligidagi Qoʻqon xonligi tarkibiga kirgan.
“Ming sulolasining birinchi hukmdori Shohruxbiy edi. Uning oʻgʻli Abdulrahimbiy davrida Qoʻqon xonlikning poytaxti sifatida eʼlon qilingan, – deya maʼlum qilgan manba. – Ushbu davrda shaharni dushmanlardan himoya qilish maqsadida yangi himoya devorlari qurildi”.
Maqolada Qoʻqon shahridagi mashhur Xudoyorxon saroyiga tashrif buyurish tavsiya etilgan. Qayd etilishicha, ushbu saroy shaharning asosiy diqqatga sazovor joyi hisoblanadi.
“Ushbu saroy qurilishida xonlikning eng mashhur ustalar ishlagan. Saroy fasadlarini bezab turgan sopol plitkalar esa kulolchilik markazi boʻlgan Rishton hunarmandlar tomonidan yasalgan. Oʻtmishda shaharda 40 ga yaqin madrasa boʻlgan. Sayohatchilar bugungi kunga qadar yetib kelgan Norboʻtabiy madrasasini ham tomosha qilishlari mumkin. Ushbu madrasa buxorolik ustalar tomonidan qurilgan deb ham taxmin qilinadi”, — deb yozgan “Vestnik Kavkaza”.