Bu haqda Sogʻliqni saqlash instituti direktori Larisa Popovich RBKga maʼlumot berdi.
— Baʼzi testlar oz miqdordagi antijismlarni aniqlash uchun yetarlicha sezgir emas. Baʼzida bularning barchasi sinov jarayoni qanday tuzilganiga bogʻliq. Agar testlar antijismni tanlay olmasa, ular boshqa viruslarning qoldiq izlarini sezishlari mumkin, — deb tushuntirdi Popovich.
Shunday qilib, u, shveysariyalik immunolog Beda Shtadlerning koronavirus infeksiyasining alomatsiz tashuvchisi yoʻqligi toʻgʻrisidagi xulosasiga munosabat bildirdi. Uning fikriga koʻra, koronavirus testlaridagi xatolik virusning faolligi yoki immunitet tizimi tomonidan allaqachon yoʻq qilinganligini aniqlay olmaganligi sababli yuzaga keladi. Natijada “Virusning mayda vayron qilingan qismlari” faol kasallik deb qabul qilinishi mumkin.
Popovichning taʼkidlashicha, koronavirus uchun Rossiyada turli xil sezgirlikka ega boʻlgan 16 ta test qoʻllaniladi.Albatta, har bir testda virusni topish va toʻgʻri aniqlash darajasi cheklangan. Baʼzida notoʻgʻri natijalar boʻlishi mumkin, chunki tananing hujayrasida mavjud boʻlgan irsiy materiallar toʻplamining bir qismi notoʻgʻri tanlanadi.
— Rossiyaning testlarida 100 foiz sezgirlik yoʻq, ular 95-96 foizni tashkil qiladi. 4 foiz hollarda xato qilinishi mumkin, — deya qoʻshimcha qildi Popovich. — Har qanday holatda ham testdan oʻtish foydalidir. Agar alomatlar boʻlsa, testlarni bir necha bor topshirgan maʼqul, — dedi u.