Unda davlat rahbarining joriy yil 7-martda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda so‘zlagan nutqi davomida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar ijrosining borishi muhokama etildi.
Majlisni Komissiya raisi, Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva olib bordi.
Senat Raisi mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, faolligini oshirish, ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa, xotin-qizlarning bandligini ta'minlash va tadbirkorlikka jalb etish yo‘lida muhim choralar ko‘rilayotganiga e'tibor qaratdi.
So‘nggi besh yilda ushbu yo‘nalishdagi huquqiy asoslarni mustahkamlash maqsadida 80 dan ziyod normativ-huquqiy hujjat qabul qilinib, ijroga qaratildi.
Qayd etilganidek, davlat rahbarining topshirig‘iga asosan xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangicha tizim yo‘lga qo‘yildi.
Yangiyo‘l tajribasini barcha hududlarda yo‘lga qo‘yish maqsadida tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i rahbarligida ishchi guruhlar tashkil etildi.
Mazkur ishchi guruhlar tomonidan joriy yil aprel-may oylarida har bir mahalladagi ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta'minlash masalalari, tadbirkorlikka qiziqishi alohida savolnoma asosida «xonadonbay» o‘rganildi.
O‘rganish natijalaridan kelib chiqqan holda ishsiz va daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish istagidagi xotin-qizlarning aniq manzilli ro‘yxati ishlab chiqildi.
Mazkur manzilli ro‘yxat asosida ishlarni tashkil qilish maqsadida «Xotin-qizlar.uz» platformasida «Xotin-qizlar.uz» moduli ishga tushirildi. Unga ishsiz, ishlash istagini bildirgan xotin-qizlar haqidagi ma'lumotlar manzilli kiritildi hamda ularning bandligi holatini onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi.
Oliy Majlis Senati a’zolari, Respublika komissiyasi a’zolari hududlarga, mahalliy Kengash deputatlari tuman, shahar va mahallalarga biriktirildi.
250 ta namunaviy biznes loyihalar ishlab chiqilib, joylarga yetkazildi. «Loyihalar fabrikasi» elektron platformasi ishga tushirildi, unga Xalq, Mikrokredit, Biznesni rivojlantirish banklarining mavjud elektron dasturlari integratsiya qilindi.
Majlisda xotin-qizlarning bandligini ta'minlash bo‘yicha berilgan topshiriqlarning ijrosi tanqidiy tahlil qilindi.
Jumladan, ayrim mahallalarda aniqlangan ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish bo‘yicha aniq manzilli ishlar tashkil etilmaganligi, ularning doimiy bandligini ta'minlash, mehnat migratsiyasidan qaytganlarni ishga joylashtirish ishlariga yetarli e'tibor qaratilmaganligi qayd etildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar, tijorat banklari, hudud rahbarlarining axborotlari eshitilib, kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish topshirildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.