XX asrda zargarlik buyumlari nega asosan kumushdan tayyorlangan?

    Zargarlar oʻz doʻkonida ustaxona tashkil etib, mashaqqat va sabr-toqat bilan turli xil ayollar taqinchoqlarini yasashgan.

    Agar XX asr boshlarida Toshkentda 70 ta zargarlik ustaxonasi boʻlgan boʻlsa, Xoʻjandda 30, Xivada 150ga yaqin zargarlik ustaxonasi boʻlgan.

    Barcha ustaxonalar ixcham, bir koʻchada joylashgan edi, hunarmandchilik avloddan-avlodga oʻtuvchi xususiyatga ega boʻlgan.

    Zargarlarning oʻz oqsoqollari boʻlgan. Ular ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini kuzatib borar, lekin narx belgilashga aralashmas edilar. Zargarlar oʻz doʻkonida ustaxona tashkil etib, mashaqqat va sabr-toqat bilan turli xil ayollar taqinchoqlarini yasashgan.

    XIX asr oxiri - XX asr boshlarida zargarlik buyumlari asosan kumushdan yasalgan boʻlib, oltin taqinchoqlarni faqat badavlat odamlar sotib olishi mumkin edi. Aholi asosan kumush va mis taqinchoqlarni xarid qilgan.