Kuni-kecha Oliy sudga Oʻrta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashlarining maxsus yigʻilishining 1930-1938-yillardagi qarorlariga koʻra hozirgi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, Xorazm, Buxoro, Jizzax va Namangan viloyatlari hududlarida aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlar va qurolli qoʻzgʻolonlar, terrorchilik, banditizm va shpionaj sodir etish, Turkfront maxsus boʻlimi hayʼati hamda Butun Rossiya favqulodda komissiyasi Prezidiumining maxsus yigʻilishining 1920-1921-yillardagi qarorlariga koʻra hozirgi Fargʻona viloyati hududida bosmachilik harakatida ishtirok etish hamda OʻzSSR Oliy sudining 1938-yildagi hukmiga koʻra partiya tashkilotlarida aksilshoʻro faoliyatini amalga oshirganlikda ayblangan 198 nafar shaxsga oid 11 ta jinoyat ishi kelib tushib, ishchi guruh tomonidan oʻrganib chiqildi.
Bosh prokuror oʻrinbosari tomonidan yuqorida koʻrsatilgan jinoyat ishlari yuzasidan Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga kassatsiya tartibida protestlar keltirildi.
2024-yil 6-may kuni Oliy sud raisining oʻrinbosari Ikrom Muslimov raisligida oʻtkazilgan ochiq sud majlislarida ushbu protestlar koʻrib chiqilib, qanoatlantirildi hamda Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan jami 11 ta jinoyat ishi boʻyicha 198 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining oqlov hukmlari chiqarildi.
SSRI Oliy sudi jinoyat sudlov hayʼatining 1930-yil 21-iyundagi hukmi bilan Oʻzbekiston SSR Oliy sudi raisi lavozimida ishlagan Saʼdulla Qosimov va boshqalar (jami 7 kishi) Oʻzbekiston SSR Jinoyat kodeksining 63-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga mol-mulkini musodara qilgan holda oʻlim va ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan.
Oliy sud Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining bugungi sud majlisida S. Qosimovning nabirasi F. Saʼdullayev tomonidan ushbu hukm ustidan berilgan kassatsiya shikoyati hamda Bosh prokuror oʻrinbosari tomonidan ushbu jinoyat ishi yuzasidan keltirilgan kassatsiya protesti ham koʻrib chiqildi. Natijada S. Qosimov va boshqalarga nisbatan chiqarilgan ayblov hukmi bekor qilinib, ularning harakatlarida jinoyat tarkibi mavjud emasligi hamda jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli aybsiz deb topilib, oqlandi.
Shu asnoda adolat qaror topdi, yillar mobaynida yuzaga chiqmay kelgan haqiqat tantana qildi.
Mustaqillik yoʻlida fidokorona kurash olib borgan, hatto oʻz jonini fido qilgan qatagʻon qurbonlarining pok nomlari xalqimiz qalbida mangu yashaydi.
2024-yil 6-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan reabilitatsiya qilinib, oqlangan qatagʻon qurbonlari roʻyxati
Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi Oliy sudi jinoyat sudlov hayʼatining 1930-yil 21-iyundagi hukmiga koʻra:
1). 1900-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oʻrta, oilali, 1 nafar farzandi bor, sudlanmagan, 1929-yil 3-martga qadar Oʻzbekiston SSR Oliy sudining raisi lavozimida ishlagan, Toshkent shahri, Egarchilik mahallasida istiqomat qilgan Kacыmov Sagdulla Rashidovich Oʻzbekiston SSR JKning (1926-yilgi) 63-moddasi bilan aybli deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, oʻlim jazosiga;
2). 1897-yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, Oʻzbekiston SSR Oliy sudining sobiq prokurori lavozimida ishlagan, muqaddam sudlangan Sharipov Badriddin Oʻzbekiston SSR JKning (1926-yilgi) 58-moddasi,
63-moddasi 1-qismi, 78-moddalari bilan aybli deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, oʻlim jazosiga;
3). 1866-yilda tugʻilgan, maʼlumoti oʻrta, Toshkent shahrining Eski shahar qismi sudyasi lavozimida ishlagan, muqaddam sudlanmagan Mirsagat Mirzakirov Oʻzbekiston SSR JKning (1926-yilgi) 63-moddasi bilan aybli deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, 10-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga;
4). 1884-yilda tugʻilgan, boshlangʻich maʼlumotga ega, xalq sudyasi lavozimida ishlagan, muqaddam Toshkent okrug sudining
15.04.1926-yildagi hukmi bilan 10-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan Rustam Xodja Ibragim Xodjayev Oʻzbekiston SSR JKning
(1926-yilgi) 63-moddasi bilan aybli deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, 10-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga;
5). 1890-yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, advokatlar kollegiyasi aʼzosi boʻlgan, muqaddam sudlanmagan Spirodonov Vyacheslav Petrovich Oʻzbekiston SSR JKning (1926-yilgi) 63-moddasi bilan aybli deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, oʻlim jazosiga;
6). 1889-yilda tugʻilgan, boshlangʻich maʼlumotga ega, savdogar, muqaddam sudlangan, Toshkent okrug sudining 19.09.1929-yildagi hukmi bilan 1-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan Alimov Nasriddin Oʻzbekiston SSR JKning (1926-yilgi) 63-moddasi bilan aybli deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, oʻlim jazosiga;
7). 1893-yilda tugʻilgan, maʼlumoti oʻrta, savdogar, muqaddam sudlanmagan Samigjanov Akbar Oʻzbekiston SSR JKning (1926-yilgi)
63-moddasi bilan aybli deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, 10-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanganlar.
Sudning hukmiga koʻra, S. Kacыmov 1924-yildan 1925-yilga qadar Toshkent viloyat sudining raisi hamda 1925-yil 23-dekabrdan 1929-yil
3-martga qadar Oʻzbekiston SSR Oliy sudining raisi lavozimida ishlab kelib, shaxsiy boylik orttirish maqsadida, talon-toroj, poraxoʻrlik, tizimli ravishda tamagirlik jinoyatlarini sodir etganlikda;
B. Sharipov 1927-yilda Buxoro okrug sudi raisi lavozimiga tayinlanib, milliy ozodlik harakatining (“bosmachilik”)
faol ishtirokchisi boʻlib, savdogarlar manfaatini koʻzlagan holda S.Kacыmov bilan birgalikda sovet sudlaridan foydalangan holda, shuningdek sudsiz va tergovsiz “bosmachilar” niqobi ostida oʻn nafar aybsiz dehqonlarni otib tashlab, oʻzining harakatlari bilan dehqonlar ommasini sovet idoralariga qarshi yoʻnaltirganlikda;
M. Mirzakirov 1922-yildan 1928-yilga qadar Toshkent shahrining Eski shahar qismida xalq sudyasi lavozimida ishlagan davrda, turli moddiy boyliklar evaziga firibgarlik va mansab soxtakorligi jinoyatlarini sodir qilishda S.Kacыmovga koʻmaklashib kelganlikda;
R. Ibragim Xodjayev 1922-yildan 1925-yil mart oyiga qadar Mirzachoʻl shahrining xalq sudyasi lavozimida ishlab, S.Kacыmovning xabardorligida va S.Kacыmov bilan til biriktirib, aholidan pora olish va taʼmagirlik jinoyatlarini sodir etish, davlat va xususiy mulklarni oʻzlashtirish, doimiy ravishda pora evaziga noqonuniy hukmlar chiqarish, oʻsha davrda Toshkent okrug sudi rais oʻrinbosari lavozimida ishlagan S.Kacыmovga doimiy ravishda pora berish orqali sud tizimini inqirozga uchrashida koʻmaklashganlikda;
V. Spiridonov 1921 – 1923-yillarda Toshkent shahri xalq sudyalari kengashi raisi oʻrinbosari lavozimida, 1923-1929-yillarda esa advokat sifatida faoliyat koʻrsatib, soxta hujjatlar hamda guvohlarning yolgʻon guvohligidan foydalanib, sudyalarga, shu jumladan Oliy sud raisi S.Kacыmovga pora berish orqali sud tizimini inqirozga uchrashida koʻmaklashganlikda;
N. Alimov “Milliy ittihod” aksilinqilobiy tashkilotining faol aʼzosi sifatida tashkilotning barcha rahbarlari bilan qalin munosabatda boʻlib, tuzilgan rejaga asosan, doimiy ravishda sovet tashkilotlarini, xususan sud va moliya idoralari xodimlariga spirtli ichimliklar ichdirib hamda ularga pora berib, S.Kacыmov bilan doʻstona munosabatda boʻlib, maʼmuriy va sud ishlarida oʻziga tanish boʻlgan savdogar hamda aksilinqilobchilarga nisbatan oqlov hukmi yoki yengil jazo tayinlanishiga erishganlikda;
A. Samigjanov “Milliy ittihod” aksilinqilobiy tashkilotining faol aʼzosi va katta savdogar boʻlgan holda S.Kacыmov va M.Mirzakirovlarga spirtli ichimliklar ichdirib, ulardan oʻzining gʻarazli maqsadlari yoʻlida foydalanib, jumladan Toshkent shahrining Eski shahar qismidan noqonuniy yerlarni olish va noqonuniy shartnoma rasmiylashtirishda M.Mirzakirov rahbar boʻlgan xalq sudidan foydalanganlikda aybli deb topilgan.
Oʻrta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1931-yil 21-noyabrdagi maxsus yigʻilish qaroriga koʻra:
1). 1899-yilda Yangi Urganch tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlogʻida yashagan, 3-yilga konslagerga joʻnatilgan Djumaniyazov Irniyaz;
2). 1886-yilda Yangi Urganch tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlogʻida yashagan, 3-yilga konslagerga joʻnatilgan Kurbanov Kosh;
3). 1901-yilda Yangi Urganch tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlogʻida yashagan, 10-yilga konslagerga joʻnatilgan Kabulov Nazar;
4). 1895-yilda Yangi Urganch tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlogʻida yashagan, 3-yilga konslagerga joʻnatilgan Avazmetov Abdulla;
5). 1896-yilda Yangi Urganch tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlogʻida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Matchanov Bekchan;
6). 1886-yilda Yangi Urganch tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlogʻida yashagan, 3-yilga konslagerga joʻnatilgan Iskanderov Matchan;
7). 1906-yilda Yangi Urganch tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, Yangi Urganch tumani, Chandir-Kiyat qishlogʻida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Kachkarov Igamberdы;
8). 1903-yilda Yangi Urganch tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, Yangi Urganch tumani, Chandir-Kiyat qishlogʻida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Raximov Sharip;
9). 1870-yilda Yangi Urganch tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlogʻida yashagan, 3-yilga konslagerga joʻnatishga shartli hukm qilingan Babadjan Irniyaz;
10). 1902-yilda Yangi Urganch tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlogʻida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Saurov Mayli OʻzSSR JKning 14-78-moddasi (aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlar sodir etish, yaʼni jinoiy qilmishlarni sodir etish kabi ogʻirlashtiruvchi holatlarsiz tartibsizliklarda ishtirok etish) bilan aybli deb topilgan.
Oʻrta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining maxsus yigʻilish qaroriga koʻra, Djumaniyazov Irniyaz
va boshqalar bosmachilik aksilinqilobiy harakati aʼzolari bilan doimiy aloqa oʻrnatishib, ularni oʻzlarining uylarida qabul qilishib, bosmachilik guruhlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlab, sovet hokimiyati tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga oʻzlarida saqlanib kelinayotgan qurollarni topshirmaslik hamda kollektivlashtirishga qarshi targʻibotlarni amalga oshirish orqali qarshilik koʻrsatib kelishganlikda ayblanishgan.
Oʻrta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1932-yil 5-noyabrdagi maxsus yigʻilish qaroriga koʻra:
1). 1881-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani, Otaliq qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Matmuratov Matchanbek;
2). 1896-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp shahrida yashagan,
5-yilga konslagerga joʻnatilgan Saitniyazov Raimbergen;
3). 1874-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani, Ashak Karvak qishloq sovetida yashagan, 3-yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga joʻnatilgan Djumaniyazov Matyakub;
4). 1869-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani, Yuqori Muxaman qishloq sovetida yashagan, 3-yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga joʻnatilgan Sarыbakalov Mamadjan;
5). 1895-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani, Yuqori Muxaman qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Bakalov Masharip Sarы;
6). 1895-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani, Avshar qishloq sovetida yashagan, 3-yilga konslagerga joʻnatilgan Pirmanov Kurambay;
7). 1875-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani, Ashak Karvak qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Adamov Raxmankul;
8). 1891-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani, Ashak Karvak qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Babaniyazov Nurulla;
9). 1870-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani, Yuqori Muxaman qishloq sovetida yashagan, dastlabki qamoq muddati inobatga olinib, qamoqdan ozod qilingan Masharipov Ibragim Yuzbashi;
10). 1911-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani, Yuqori Muxaman qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Masharipov Pirdjan;
11). 1881-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani, Avshar qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Abdullayev Atadjan;
12). 1872-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani, Ashak Karvak qishloq sovetida yashagan, 3-yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga joʻnatilgan Vaisov Mulla Kuryaz;
13). 1881-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xazarasp tumani, Ashak Karvak qishloq sovetida yashagan, 3-yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga joʻnatilgan Masharipov Madraim;
14). 1871-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xiva tumani, Pernauxas qishloq sovetida yashagan, 3-yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga joʻnatilgan Sultanmuratov Djumaniyaz;
15). 1870-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xiva tumani, Xiva shahrida yashagan, 3-yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga joʻnatilgan Masharipov Xudaybergen;
16). 1870-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xiva tumani, Xiva shahrida yashagan, 3-yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga joʻnatilgan Avezov Matmurat;
17). 1876-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xiva tumani, Xiva shahrida yashagan, 3-yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga joʻnatilgan Aminov Nazar Maxram;
18). 1882-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xiva tumani, Xiva shahrida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Abdalniyazov Madaminjan;
19). 1887-yilda tugʻilgan, millati qozoq, Xiva tumani, Avez Dunyak qishloq sovetida yashagan, 10-yilga konslagerga joʻnatilgan Kosharov Mustafa-Kazak;
20). 1873-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xiva tumani, Xiva shahrida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Masharipov Xudaybergen;
21). 1891-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani, Muxaman qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Allabergenov Djumaniyaz;
22). 1876-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xonqa tumani, Durgadiq qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Kalandarov Saur;
23). 1890-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xonqa tumani, Xonqa qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Ibragimov Yusup Xodja;
24). 1871-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xonqa tumani, Xonqa shahrida yashagan, 3-yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan Axmetov Mulla Ibaydulla;
25). 1871-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xonqa tumani, Ohunboboyev qishloq sovetida yashagan, 3-yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan Abdukadыrov Abdushukur;
26). 1866-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xonqa tumani, Polvon qishloq sovetida yashagan, dastlabki qamoq muddati inobatga olinib, qamoqdan ozod qilingan Yusupov Nurmat;
27). 1865-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xonqa tumani, Tama-Durvadi qishloq sovetida yashagan, 3-yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan Masharipov Babadjan Maksum;
28). 1893-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xonqa tumani, Xonqa qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Atadjanov Ibragim;
29). 1896-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xonqa tumani, Xonqa qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Abdurasul Maxsum Ibadula Xodji;
30). 1876-yilda Xiva tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, Shovot tumani, Manak qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Davletmuratov Yakshi Murat;
31). 1910-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Shovot tumani, Arbek qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Atadjanov Abdы Ishan;
32). 1895-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Shovot tumani, Arbek qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Atadjanov Usman Ishan;
33). 1896-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Shovot tumani, Kurbak qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Nurmetov Ibadulla;
34). 1901-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Urganch tumani, Yuqori Bogʻ qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Artыkov Vais;
35). 1874-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Urganch tumani, Yuqori Bogʻ qishloq sovetida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan Axmedov Usta Kalandar;
36). 1891-yilda tugʻilgan, millati turkman, Porsin tumani, Ildirshix qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Shagalov Safar;
37). 1886-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Tashouz tumani, Kukchagar qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Durdыyev Safarbay;
38). 1892-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Ilyalinskiy tumani, Kenges qishloq sovetida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan Bekmuratov Berdы Klыch;
39). 1886-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xonqa tumani, Xonqa shahrida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Nurullayev Saydulla Oʻzbekiston SSR JKning 78-moddasi (aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlar sodir etish, yaʼni jinoiy qilmishlarni sodir etish kabi ogʻirlashtiruvchi holatlarsiz tartibsizliklarda ishtirok etish) bilan aybli deb topilgan.
Oʻrta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi Uchlik Kengashining maxsus yigʻilish qaroriga koʻra, Matmuratov Matchanbek
va boshqalar 1931-yil fevral oyining boshlarida sovet hokimiyatini agʻdarish, unga qarshi qurollangan bosmachilik-isyonchilik kurashini tashkil etish hamda oldingi xonlik boshqaruvi tartibini tiklash maqsadida, Afgʻoniston hududidan Xiva hududiga oʻtgan Junaidxonning oʻgʻli Eshimxonning qurollangan guruhlarini kuchaytirish uchun yangi kadrlar bilan taʼminlash maqsadida ular bilan aloqa oʻrnatganlikda ayblangan.
Oʻrta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1932-yil 22-yanvardagi maxsus yigʻilish qaroriga koʻra:
1). 1895-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani, Rubat Xodja qishlogʻida yashagan, 8-yilga konslagerga joʻnatilgan Sattarov Shanazar;
2). 1877-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Bauman tumani, Shuristan qishlogʻida yashagan, 8-yilga konslagerga joʻnatilgan Baltayev Bazar;
3). 1891-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Vobkent tumani, Peshku qishlogʻida yashagan, 8-yilga konslagerga joʻnatilgan Kadыrov Yarыkul;
4). 1874-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Vobkent tumani, Mugulan qishlogʻida yashagan, 8-yilga konslagerga joʻnatilgan Klыchev Tursun Amin;
5). 1874-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Eski Buxoro shahri, Tobxana guzarida yashagan, 8-yilga konslagerga joʻnatilgan Mustafakulov Muxamed Kul;
6). 1892-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Bauman tumani, Chuprak qishlogʻida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Ruziyev Xodji Murad Amin;
7). 1869-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Vobkent shahri, Poxsa guzarida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Radjabov Mirza Axmed;
8). 1886-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Eski Buxoro shahri, Mirza Xamid guzarida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Adыlov Karы Daud;
9). 1889-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Eski Buxoro shahri, Kari Mustakim guzarida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Xalikov Sabir;
10). 1883-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Bauman tumani, Qassoblar qishlogʻida yashagan, 3-yilga konslagerga joʻnatilgan Saibov Niyaz;
11). 1913-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani, Kuli-Djuybar qishlogʻida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Nurullayev Ruzi;
12). 1886-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Buxoro tumani, Buyro qishlogʻida yashagan, 3-yilga konslagerga joʻnatilgan Raxmanov Mulla Safar;
13). 1897-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani, Djandikon qishlogʻida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan Turdыyev Bazar;
14). 1903-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani, Djandikon qishlogʻida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan Raxmatov Tyura;
15). 1897-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani, Djandikon qishlogʻida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Katta Sheyxov Toksan;
16). 1899-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani, Lyabirud qishlogʻida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan Djalalov Xuseyn;
17). 1871-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani, Chagdari qishlogʻida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan Marufov Sharif;
18). 1879-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani, Rubat Xodja qishlogʻida yashagan, 3-yilga konslagerga joʻnatilgan Tursunov Murad;
19). 1911-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani, Rubat Xodja qishlogʻida yashagan, 3-yilga konslagerga joʻnatilgan Gadayev Nor;
20). 1903-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Bauman tumani, Shuristan qishlogʻida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Xaitov Xalim;
21). 1898-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani, Chagdari qishlogʻida yashagan, 3-yilga konslagerga joʻnatilgan Tyurayev Talip;
22). 1881-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Vobkent tumani, Maxallya Ashxan qishlogʻida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Sharipov Xamdam;
23). 1895-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani, Karabag qishlogʻida yashagan, 3-yilga konslagerga joʻnatilgan Nazarov Nor;
24). 1889-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani, Saidon qishlogʻida yashagan, 3-yilga konslagerga joʻnatilgan Xamrayev Normurat;
25). 1885-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani, Karabag qishlogʻida yashagan, 3-yilga konslagerga joʻnatilgan Xaydarov Barat;
26). 1883-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani, Chagdari qishlogʻida yashagan, 3-yilga konslagerga joʻnatilgan Fayziyev Djuma;
27). 1908-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Eski Buxoro tumani, Sufi-Kargar qishlogʻida yashagan, 3-yilga konslagerga joʻnatilgan Periyev Saidkul;
28). 1883-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani, Vozirsha qishlogʻida yashagan, 3-yilga konslagerga joʻnatishga shartli hukm qilinib, jazodan ozod qilingan Xayriyev Safar;
29). 1899-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Eski Buxoro tumani, Sufi Kargar qishlogʻida yashagan, 3-yilga konslagerga joʻnatishga shartli hukm qilinib, qamoqdan ozod qilingan Norov Nigmat OʻzSSR JKning 78-moddasi (aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlar sodir etish, yaʼni jinoiy qilmishlarni sodir etish kabi ogʻirlashtiruvchi holatlarsiz tartibsizliklarda ishtirok etish) bilan aybli deb topilgan.
Oʻrta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi Uchlik Kengashining maxsus yigʻilish qaroriga koʻra, Klыchev Tursun Amin
va boshqalar 1931-yilda Buxoro sektorining Gʻijduvon, Vobkent, Bauman
va boshqa tumanlari hududida sovet hokimiyatiga qarshi qurollangan kurash olib borish maqsadida aksilinqilobiy bosmachilik guruhlarini tashkil etish, oʻz saflarini kengaytirib, keyinchalik Tojikiston hududida sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib borayotgan Ibrohimbek laqayga borib qoʻshilish, aksilinqilobiy tashviqot olib borganlikda ayblanishgan.
Oʻrta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1932-yil 20-avgustdagi maxsus yigʻilish qaroriga koʻra:
1). 1892-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 10-yilga qonslagerga joʻnatilgan Tursunkulov Mumin;
2). 1902-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Sayfullayev Lutfulla;
3). 1877-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Berdыyev Kabыl Tangri;
4). 1904-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Xazratkulov Xasan;
5). 1906-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Xafizov Iskandar;
6). 1902-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Xafizov Ali;
7). 1894-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Asman-Say qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Abduraxmanov Bek-Ali;
8). 1892-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Abdullayev Rashid;
9). 1897-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Abdullayev Mukum;
10). 1891-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Xudoyarov Tura;
11). 1896-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Xasanov Savran;
12). 1897-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Abduraxmanov Dastan;
13). 1895-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Berdыyarov Davran;
14). 1900-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Alimov Turgun;
15). 1904-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Niyazov Karabek;
16). 1886-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Davranov Sindar;
17). 1886-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Davranov Djaldыbay;
18). 1907-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Tursunkulov Bazarbek;
19). 1883-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Igamberdiyev Raimkul;
20). 1900-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Uchli qishloq sovetida yashagan, 10-yilga konslagerga joʻnatilgan Adыlov Akilbek;
21). 1892-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Uchli qishloq sovetida yashagan, 10-yilga konslagerga joʻnatilgan Adыlov Bayzar;
22). 1884-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5-yilga ozodlikdan mahrum etilgan Abdullayev Irgash;
23). 1871-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5-yilga konslagerga joʻnatilgan Berdыyarov Ixlas;
24). 1898-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Asman-Say qishloq sovetida yashagan, 3-yilga konslagerga joʻnatilgan Batыrov Aman;
25). 1877-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 3-yilga konslagerga joʻnatilgan Abdullayev Saxip;
26). 1866-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 3-yilga konslagerga joʻnatilgan Mirzayev Xafiz Maksum Mulla;
27). 1872-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 3-yilga surgun qilingan Keldыbayev Aman;
28). 1890-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Osmonsoy qishloq sovetida yashagan, 3-yilga konslagerga joʻnatilgan Kipchakov Barat;
29). 1887-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 10-yilga konslagerga joʻnatilgan Abdullayev Djura OʻzSSR JKning 66 (shpionaj), 67 (maxsus qoʻriqlanadigan davlat sirini tashkil etmaydigan iqtisodiy maʼlumotlarni toʻplash) va 78-moddalari (aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlar sodir etish, yaʼni jinoiy qilmishlarni sodir etish kabi ogʻirlashtiruvchi holatlarsiz tartibsizliklarda ishtirok etish) bilan aybli deb topilgan.
Oʻrta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi Uchlik Kengashining maxsus yigʻilish qaroriga koʻra, M.Tursunkulov va boshqalar kelib chiqishiga koʻra boy, savdogar va urugʻ boshlari boʻlgani holda, Oktyabr sotsialistik inqilobidan soʻng Sovet hokimiyati tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga ochiqdan-ochiq qarshilik koʻrsatish, Xamroqulbek, Mella Dehqon, Xudoyor va boshqalarning bosmachilik toʻdalarida ishtirok etish, kolxozlardagi hokimiyatni egallab olib, sovet hokimiyatiga qarshi faoliyat olib borish, ushbu maqsadlarda yashirin yigʻinlar oʻtkazib, ularda qurolli qoʻzgʻolon koʻtarish, sobiq bosmachilar bilan aloqa oʻrnatish, qurol-yarogʻ sotib olish uchun pul mablagʻlari yigʻish masalalarini muhokama qilib kelganlikda ayblanishgan.
Oʻrta Osiyo birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1930-yil 3-yanvardagi maxsus yigʻilish qaroriga koʻra:
1).1887-yilda Kosonsoy tumanida tugʻilgan, Kosonsoy tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Umaraliyev Dadaboy;
2).1905-yilda Namangan tumanida tugʻilgan, Namangan tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Miryusupov Mirvali;
3). 1896-yilda Namangan tumanida tugʻilgan, Namangan tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Rasulbayev Mamadjan Qori;
4). 1898-yilda Kosonsoy tumanida tugʻilgan, Kosonsoy tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Azimbayev Mulla Axmed Ali;
5). 1902-yilda Namangan tumanida tugʻilgan, Namangan tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Miryusupov Abdugapar;
6). 1902-yilda Namangan tumanida tugʻilgan, Namangan tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Azimbayev Xadjimat;
7). 1894-yilda Toʻraqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan, Toʻraqoʻrgʻon tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Zakirxodjayev Kamildjan;
8). 1910-yilda Kosonsoy tumanida tugʻilgan, Kosonsoy tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Alinazarov Gaipberdi;
9). 1911-yilda Toʻraqoʻrgon tumanida tugʻilgan, Toʻraqoʻrgon tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Xaqnazarov Abuladjan;
10). 1898-yilda Namangan tumanida tugʻilgan, Namangan tumanida yashagan, 3-yilga konslagerga surgun qilingan Ishmatov Djaparlar OʻzSSR JKning 58 va 78-moddalari (banditizm, sovet hududiga qurolli qoʻzgʻolon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda bostirib kelish) bilan aybli deb topilgan.
Oʻrta Osiyo birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining maxsus yigʻilish qaroriga koʻra, Umaraliyev Dadaboy
va boshqalar 1929-1930-yillarda Namangan tumanida eski mahalliy boylar hisoblanib, Nosirxon toʻra Kamolxontoʻra ishiga aloqador shaxslar sifatida aksilinqilobiy harakati aʼzolarini qoʻllab kelishib, sovet hududida qurolli qoʻzgʻolon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlarni amalga oshirganlikda ayblanishgan.
Oʻrta Osiyo birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1938-yil 16-fevraldagi maxsus yigʻilish qaroriga koʻra:
1).1894-yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida yashagan, millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Yusupov (Kazakov) Ismail;
2).1886-yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida yashagan, millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Xudaybergenov Raxman;
3). 1884-yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida yashagan, millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Xaknazarov Artik;
4). 1887-yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida yashagan, millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Ibragimov Matriza;
5). 1898-yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida yashagan,
millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Yusupov Qalandar;
6). 1887-yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida yashagan,
millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Fazilov Abdulla;
7). 1888-yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida yashagan,
millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Nakiyev Babadjan;
8). 1885-yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida yashagan,
millati oʻzbek, 10-yilga konslagerga surgun qilingan Nakiyev Saidjan;
9). 1882-yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida yashagan,
millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Nakiyev Askar;
10). 1895-yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida yashagan,
millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Abduraxmanov Latip;
11). 1881-yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida yashagan,
millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Tadjiyev Abdalniyaz;
12). 1893-yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida yashagan,
millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Kurambayev Madraim;
13). 1908-yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida yashagan,
millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Karimov Matyakub;
14). 1880-yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida yashagan,
millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Matchanov Bekchan;
15). 1881-yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida yashagan,
millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Abdullayev Atadjan OʻzSSR JKning
13, 58, 67-moddalari (sovet hududiga qurolli qoʻzgʻolon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda bostirib kelish, aksilinqilobiy harakatlar sodir sodir etish) bilan aybli deb topilgan.
Oʻrta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi Uchlik Kengashining maxsus yigʻilish qaroriga koʻra, Yusupov (Kazakov) Ismail va boshqalar
1937-yilda Xiva tumani, Jundiyon qishlogʻida joylashgan “Xon Ismoil ota” masjidida yigʻilishlar oʻtkazishib, aksilinqolibiy rejalarni tuzishgan hamda “Junaidxon”ni tanigan eski boylar sifatida qurolli toʻda shakllantirib, sovet hududida qurolli qoʻzgʻolon yoki aksilinqilobiy harakatlar sodir etish maqsadlarida harakat amalga oshirishganlikda ayblanishgan.
Oʻrta Osiyo birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1938-yil 4-fevraldagi maxsus yigʻilish qaroriga koʻra:
1).1913-yilda Hazorasp tumanida tugʻilgan, Hazorasp tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Raximov Masharip;
2).1914-yilda Hazorasp tumanida tugʻilgan, Hazorasp tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Kamalov Sabur;
3). 1901-yilda Hazorasp tumanida tugʻilgan, Hazorasp tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Kuryazov Baba;
4). 1910-yilda Hazorasp tumanida tugʻilgan, Hazorasp tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Matnazarov Safarbala;
5). 1904-yilda Hazorasp tumanida tugʻilgan, Hazorasp tumanida yashagan,
10-yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan Adambayev Atadjan;
6). 1901-yilda Hazorasp tumanida tugʻilgan, Hazorasp tumanida yashagan,
10-yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan Babadjanov Raim;
7). 1901-yilda Hazorasp tumanida tugʻilgan, Hazorasp tumanida yashagan,
10-yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan Abdukarimov Matyakub;
8). 1908-yilda Hazorasp tumanida tugʻilgan, Hazorasp tumanida yashagan,
10-yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan Raximov Jumaniyaz;
9). 1898-yilda Hazorasp tumanida tugʻilgan, Hazorasp tumanida yashagan,
10-yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan Raximov Kurbanbaylar OʻzSSR JKning 78-moddasi (banditizm) bilan aybli deb topilgan.
Oʻrta Osiyo birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining maxsus yigʻilish qaroriga koʻra, Raximov Masharip
va boshqalar 1937-yilda Xorazm okrugi, Hazorasp tumanining Pichoqchi va Yuqori Muxomon qishloqlarida “Shokirbola” qurolli toʻdasiga birlashib, sovet hududida qurolli qoʻzgʻolon yoki banditizm maqsadlarda harakatlarni amalga oshirganlikda ayblanishgan.
Turkfront maxsus boʻlimi hayʼatining 06.11.1920-yildagi hamda Butun Rossiya favkulodda komissiyasi Prezidumining 1921-yil
27-oktyabrdagi maxsus yigʻilish qarorlariga koʻra:
1).1896-yilda Orenburg shahrida tugʻilgan, Fargʻona viloyatida yashagan, otuvga hukm qilingan Doriomedov Andrey Ivanovich;
2).1902-yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan, Skobelev shahrida yashagan, millati oʻzbek, 2-yilga konslagerga surgun qilingan Sadikbayev Abdulladjan;
3). 1887-yilda Pishpak shahrida tugʻilgan, Fargʻona shahrida yashagan,
2-yilga konslagerga surgun qilingan Roksikov Nikolay Alekseyevich;
4). 1900-yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan, 1-yilga konslagerga surgun qilingan Fedorov Mixail Dmitriyevich;
5). 1892-yilda Toshkent shahrida yashagan, 2-yilga konslagerga surgun qilingan Arsenyeva Vladimir Mixaylovich;
6). 1901-yilda tugʻilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2-yilga konslagerga surgun qilingan Nikolskiy Viktor Ivanovich;
7). 1901-yilda Fargʻona viloyatida yashagan, Turkiston oʻlkasidan surgun qilingan Babayev Mulla Abdulladjan;
8). 1875-yilda tugʻilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2-yilga konslagerga surgun qilingan Shepelev Semena Vasilyekich;
9). 1895-yilda tugʻilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2-yilga konslagerga surgun qilingan Barxash Lev Lvovich;
10). 1881-yilda tugʻilgan, Fargʻona shahrida yashagan, 2-yilga konslagerga surgun qilingan Gorodiskiy Konstantin Konstantinovich;
11). 1878-yilda tugʻilgan, Glodosoxa shahrida yashagan, 2-yilga konslagerga surgun qilingan Yakovenko Fedor Titovich;
12). 1865-yilda tugʻilgan, Fargʻona shahrida yashagan, 2-yilga konslagerga surgun qilingan Nenzberg Vladimir Aleksandrovich;
13). 1889-yilda Skobelev shahrida yashagan, 2-yilga konslagerga surgun qilingan Nikolskiy Andrey Ivanovich;
14). 1885-yilda tugʻilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2-yilga konslagerga surgun qilingan Vlasov Dmitriy Pavlovich;
15). 1877-yilda tugʻilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2-yilga konslagerga surgun qilingan Antipov Nikolay Danilovich;
16). 1891-yilda tugʻilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2-yilga konslagerga surgun qilingan Sologub Anatoliy Nikolayevich;
17). 1874-yilda tugʻilgan, Toshkent shahrida yashagan, 2-yilga konslagerga surgun qilingan Muxanov Aleksandr Vladimirovich;
18). 1874-yilda tugʻilgan, Jalolobod tumanida yashagan, 2-yilga konslagerga surgun qilingan Monstrov Konstantin Ivanovich;
19). 1897-yilda tugʻilgan, Toshkent shahrida yashagan, 1-yilga konslagerga surgun qilingan Lazarev Aleksandr Ilich;
20). 1886-yilda tugʻilgan, Toshkent shahrida yashagan, 2-yilga konslagerga surgun qilingan Sitnyakovkiy Boris Nikonorovich;
21). 1895-yilda tugʻilgan, Toshkent shahrida yashagan, 2-yilga konslagerga surgun qilingan Sitnayakovskiy Aleksey Nikonorovich;
22). 1898-yilda tugʻilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2-yilga konslagerga surgun qilingan Pokrovskaya-Spirodonova Olga Dmitriyevna;
23). 1888-yilda Eski Margʻilon shahrida yashagan, 2-yilga konslagerga surgun qilingan Rodziyevskiy Dmitriy Grigoryevich;
24). 1875-yilda tugʻilgan, Skobelev shahrida yashagan, Turkiston oʻlkasidan surgun qilingan Bezsonov Andrey;
25). 1895-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, Toshkent shahrida yashagan, Turkiston oʻlkasidan surgun qilingan Nikolkaya Lidiya;
26). 1899-yilda tugʻilgan, Fargʻona shahrida yashagan, Turkiston oʻlkasidan surgun qilingan Shakirov Ikrom;
27). 1870-yilda Skobelev shahrida yashagan, Turkiston oʻlkasidan surgun qilingan Lyali-Xodja-Turdi-Xodjayev;
28). 1870-yilda tugʻilgan, Skobelev shahrida yashagan, konslagerga surgun qilingan Shmatbayev Madat;
29). 1870-yilda tugʻilgan, Skobelev shahrida yashagan, konslagerga surgun qilingan Nishan-bibi Muxamed Saidov Turkiston hududida Madaminbek boshchiligidagi bosmachilik harakatida ishtirok etishda aybli deb topilgan.
Turkfront maxsus boʻlimi hayʼatining 1920-yil 16-noyabrdagi hamda Butun Rossiya favkulodda komissiyasi Prezidumining 1921-yil 27-oktyabrdagi maxsus yigʻilish qaroriga koʻra, A.Doriomedov va boshqalar 1919-1920-yillarda Fargʻona oʻlkasida aksilinqilobiy harakati aʼzolarini qoʻllab kelishib, sovet hududida qurolli qoʻzgʻolon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda harakat amalga oshirish maqsadida “Madaminbek” boshchiligidagi bosmachilik harakati aʼzolariga qoʻshilishib, ularni zaruriy razvedka maʼlumotlari hamda tovar taʼminotlari bilan taʼminlab turishganlikda ayblanishgan.
Oʻzbekiston SSR Oliy sudining 1938-yil 13-fevraldagi hukmiga koʻra:
1). 1892-yilda Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, Oʻz.SSR fuqarosi, xizmatchi, maʼlumotga ega emas, oilali, Yangiyoʻl shahrida yashagan Ubaydulla Abdullayev;
2). 1897-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, Oʻz.SSR fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, xizmatchi, Toshkent shahar, Oktyabr tumani, Qizilqoʻshin mahallasi 55-uyda yashagan Fatxulla Sagdullayev;
3). 1905-yilda Fargʻona viloyat, Qoʻqon shahri, Ikkinchi Beshariq mahallasida tugʻilgan, millati oʻzbek, Oʻz.SSR fuqarosi, maʼlumotli, oilali, Toshkent shahar, Oktyabr tumani, Hamza koʻchasi, 7-uyda yashagan Nabi Rabiyev;
4). 1886-yilda Yangiyoʻl tumani Nav qishlogʻida tugʻilgan, millati oʻzbek, Oʻz.SSR fuqarosi, maʼlumotli, oilali, kolxozchi, Yangiyoʻl tumani Nav qishlogʻida yashagan Muxiddin Muminxoʻjayev;
5). 1903-yilda Fargʻona viloyati, Stalin (Shaxrixon) tumani, Shaxrixon qishlogʻida tugʻilgan, millati oʻzbek, Oʻz.SSR fuqarosi, maʼlumotli, oilali, Yangiyoʻl tumani Nav qishlogʻida yashagan Juma Alibayev;
6). 1886-yilda Fargʻona viloyati, Lenin (Asaka) tumani, Ota qishlogʻida tugʻilgan, millati oʻzbek, Oʻz.SSR fuqarosi, maʼlumotli, oilali, Yangiyoʻl tumani Zangi-ota qishlogʻida yashagan Mamatalibek Qosimov;
7). 1903-yilda Fargʻona viloyati, Stalin (Shaxrixon) tumani, Oʻrta Shaxrixon qishlogʻida tugʻilgan, millati uygʻur, Oʻz.SSR fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, Yangiyoʻl tumani Nav qishlogʻida yashagan Qambar Sodiqov Oʻzbekiston Oʻz.SSR JKning 63-moddasi, 70-moddasi bilan aybdor deb topilib, mol-mulki konfiskatsiya qilingan holda U.Abdullayev, J.Alibayev
va M.Qosimovlarga otuv, N.Rabiyev, F.Sagdullayev, Q.Sodiqov, M.Moʻminxoʻjayevlar turli yillarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Sud hukmiga koʻra, yuqorida nomlari qayd etilgan shaxslar Oʻzbekiston Markaziy partiya va sovetlar tashkilotlarida bir necha yildan buyon niqob ostida yurib, eski kapitalizm tarafdorlari, xalq dushmanlari va burjua millatchilari Akmal Ikromov, Boltaboy Shermuhamidov, Fayzulla Xoʻjayev va boshqalar Oʻzbekistonning oʻsishiga chiday olmay, fashizm, kapitalizm davlatlariga koloniya qilib berishni oʻzlariga maqsad qilib, Oʻzbekistonning koʻplab tumanlarida, tuman partiya tashkilotlarida va sovet xoʻjalik tashkilotlarida oʻzlariga yaqin boʻlgan maslakdoshlarini qoʻyish orqali oʻzlarining aksilinqilobiy maqsadlarini amalga oshirishga harakat qilganlar.
Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Alohida kengashining 1931-yil
23-sentyabrdagi qaroriga koʻra:
1). 1899-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, SSRI fuqarosi, maʼmumotli, oilali, muqaddam sudlangan, Toshkent shahrida yashagan Fuzailov Sagdulla;
2). 1897-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, SSRI fuqarosi, maʼmumoti oliy, oilali, sobiq tadbirkor, Toshkent shahrida yashagan Arifxodjayev Ilxam;
3). 1911-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, SSRI fuqarosi, maʼmumotli, sobiq tadbirkor, muqaddam sudlangan, Toshkent shahrida yashagan Ziyaxodjayev Madjid;
4). 1911-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, SSRI fuqarosi, maʼmumotli, Toshkent shahrida yashagan Ziyaxodjayev Xamid;
5). 1911-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, SSRI fuqarosi, maʼmumotli, Toshkent shahrida yashagan Axmedov Djuralar Oʻzbekiston SSR JKning 67-moddasi (yashirin kontrrevolyutsion tashkilotni tuzish) bilan aybdor deb topilib, S.Fuzailov, I.Arifxodjayevlar 3-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan (konslager) hamda M.Ziyaxodjayev, X.Ziyaxodjayev, D.Axmedovlarga dastlabki tergov davomida qamoqda boʻlishgani sababli, jazodan ozod etilgan.
Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi Muxtor vakili qoshidagi Alohida kengashining qaroriga koʻra, yuqorida nomlari qayd etilgan shaxslar 1930-yilda “EKFB” (Ekapchilar Birligi) kontrrevolyutsion tashkilotiga aʼzo boʻlib, sovet hukumatiga qarshi yashirin ravishda faoliyat olib borishgan.
Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Uchlik kengashining 1930-yil 5-maydagi qaroriga koʻra:
1). 1872-yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, 2 nafar farzandi bor, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Tyuraxodja Kalimbetov;
2). 1872-yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchak tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, molboqar, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Shila Davlet;
3). 1905-yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Nasratdin Sadulla;
4). 1860-yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Akmamet Sadubay Ishan;
5). 1867-yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tugʻilgan, millati qoraqalpoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Sara Xodjakeyev;
6). 1964-yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, diniy
va dehqonchilik faoliyati bilan shugʻullangan, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Bekmanov Adabay;
7). 1900-yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №8-sonli ovulda yashagan Naizeyev Djamil;
8). 1895-yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №8-sonli ovulda yashagan Daumbetov Seitnazar;
9). 1894-yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №8-sonli ovulda yashagan Yusup Axun Xodjayev;
10). 1902-yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Pirnazar Kaatan;
11). 1885-yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotli, oilali, dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Biyxodja Kalimbetov;
12). 1897-yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Djababergen Kadirbergenov;
13). 1898-yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Musa Kadirbergenov;
14). 1911-yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Gaib Shardjanov;
15). 1904-yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Abaydulla Raushanov;
16). 1882-yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tugʻilgan, millati qoraqalpoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Bekbergen Toshanov RSFSR JKning 58.8 va 58.11-moddalari (kontr-revolyutsiya maqsadlarida terrorchilik aktini sodir etish, ishchilar sinfi va revolyutsion harakatlarga faol qarshi kurashish) bilan aybdor deb topilib, mol-mulki konfiskatsiya qilingan holda Sh.Davlet, T.Kalimbetov, S.Xodjakeyevlarga otuv, S.Nasradin, B.Kadimbetov, D.Kadirbergenov, M.Kadirbergenov, G.Sharjanov, S.Akmamet, A.Bekmanov, D.Nayzeyev, S.Daumbetov, Yu.Xodjayev, K.Pirnazar, A.Raushanov, B.Toshanovlar turli yillarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Uchlik kengash qaroriga koʻra, T.Kalimbetov va boshqalar yillar davomida Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida kontrevolyutsiyaviy sovet ittifoqiga qarshi faoliyat olib boruvchi terroristik guruh tuzib, uning faoliyatiga rahbarlik qilish hamda Turkiston SSR va Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati hududidagi Djunaidxon boshchiligidagi boshqa isyonchi guruhlar bilan aloqa qilish hamda Qipchoq tumanidagi №9-sonli ovuldagi sovet hokimiyatini qurol bilan agʻdarib oʻzini-oʻzi Xon deb eʼlon qilishga urunishda ayblanishgan.