Suhbat chog'ida «Nikkei shimbun» gazetasi sahifalarida O'zbekistonning sayyolik salohiyati, tarixi va milliy urf-odatlarini targ'ib qilishga bag'ishlangan maqolalar chop etish masalasi muhokama qilindi.
Ko Sakai yapon hamjamiyatida Buyuk Ipak yo'lining tarixi, madaniyatiga bo'lgan qiziqish yuqori ekanligini alohida ta'kidladi. Shu bois Buyuk Ipak yo'lining chorrahasida joylashgan O'zbekistonning sayyohlik salohiyatini YAponiyada keng targ'ib qilish yuzasidan amaliy yordam ko'rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.
Uchrashuv natijasida «Nikkei shimbun» gazetasi sahifasida Samarqand shahrining boy sayyohlik imkoniyatlari hamda moddiy boyliklar ro'yxatiga kiritilgan «Samarqand qog'ozi»ga bag'ishlangan maqolalarni chop etish maqsadida ushbu gazeta muharriri va fotomuxbirining O'zbekistonda ijodiy safarini tashkil etishga kelishib olindi.
Ma'lumot tariqasida qayd etish joizki, 1876 yilda tashkil etilgan «Nikkei shimbun» gazetasi YAponiya va dunyoda kechayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy mavzularga doir yangiliklar va tahliliy maqolalarni chop etadi. Gazetaning kunlik adadi qariyb 2 million nusxadan iborat. Nashr YAponiya hududlarida 51 ta, jahon miqyosida esa 37 mamlakatda yangiliklar byurosiga ega.