Olimlar taʼkidlashicha tuproqda mavjud bo‘lgan uglerod tufayli, mikroblar parchalanadi va ulardan elektr energiyasi hosil bo‘ladi.
Ishlash prinsipi anod, katod va elektrolitli batareyalarga o‘xshaydi. Kimyoviy manbalardan elektr energiyasi ishlab chiqarish o‘rniga ular tuproqqa singib, elektronlarga bo‘linayotgan bakteriyalardan foydalanadi.
Tuproq ostida suv va kislorod miqdorini saqlab qolishda muammo bo‘ldi, shuning uchun amerikalik olimlar guruhi hujayralarni kislorod bilan taʼminlash uchun qurilmaning bir nechta dizayn variantlarini taklif qilishdi. Gorizontal disk ustidagi kartrij ko‘rinishidagi versiya eng yaxshi deb topildi. Disk shaklidagi uglerod anodi qurilmaning pastki qismida, tuproqqa chuqur o‘rnatilib, o‘tkazuvchan metall katod esa anodning tepasida joylashgan.
Olimlar katodning pastki qismi tuproqdagi namlikka ega bo‘lish uchun yetarli chuqurlikda ekanligini va yuqori qismi, o‘z navbatida, sirt bilan bir xil darajada joylashganligini taʼkidlashadi.
Qurilmadagi katodning qismlarini suvdan himoya qilish uchun suv o‘tkazmaydigan materialdan foydalanilgan.
Sinovlar davomida qurilma o‘z tizimlarini quvvatlantirish uchun zarur bo‘lgan energiyadan 68 barobar ko‘proq energiya ishlab chiqargan.