Banklarning har bir mahalla va xonadonga kirib borishini taʼminlash, odamlarni tadbirkorlikka choralar, bandligini taʼminlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim yoʻnalishlaridan biri sanaladi. Zero, bu orqali joylarda tadbirkorlik subyektlari paydo boʻlyapti. Uzoq qishloqlarga zamonaviy xizmatlar kirib boryapti. Bunga “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar misol boʻla oladi. Yaʼni bankning 2025-yilgacha rivojlantirish strategiyasi boʻyicha ishlab chiqilgan “yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar ijrosining taʼminlanishi natijasida joriy yilning 8 oyida bank kapitali qariyb 4 trillion soʻmga, umumiy aktivlari 23 trillion soʻmga, kredit portfeli 16,3 trillion soʻmga, bankdagi umumiy depozitlar qoldigʻi esa 6,9 trillion soʻmga yetdi.
Jalb qilingan resurslar hamda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 133 578 nafar aholi vakili hamda tadbirkorlik subyektlariga 5 trillion soʻm kredit ajratilib, qariyb 206 ming kishining bandligi taʼminlandi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 1 trillion 508 milliard soʻmdan ortiq kreditlar ajratilishi natijasida 90 mingdan ziyod yangi ish oʻrinlari yaratildi. Ajratilgan kreditlar quyidagi tarmoqla boʻyicha tahlil qiladigan boʻlsak, qishloq xoʻjaliga 755 milliard soʻm, xizmat koʻrsatishga 409 milliard soʻm, ishlab chiqarishga sohasida 344 milliard soʻm yoʻnaltirilgani ayon boʻladi.
Ushbu kreditlarning 575,5 milliard soʻmi 33 176 nafar yoshlar hamda 772,5 milliard soʻmi 51 735 nafar xotin-qizlarning loyihalari uchun taqdim etilgani ham eʼtiborga molikdir. Alohida taʼkidlash joizki, xotin-qizlarga ajratilgan kreditlar hajmi 2023-yilga nisbatan 1,3 barobar ortgan.
Oilaviy tadbirkorlik yoʻnalishida imtiyozli kredit mablagʻiga ehtiyoji bor aholi ortiqcha vaqt sarflamasdan bankning “Mavrid” ilovasi orqali kreditga ariza yuborish imkoni yaratilgan. Buning uchun bankning “Mavrid” ilovasi hamda oilakredit.uz platformasini integratsiya qilish jarayonlari yakuniga yetkazildi.
Oilaviy tadbirkorlik dasturlari bilan birga parrandachilik sohasini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Natijada ushbu maqsadda 206,8 milliard soʻm kreditlar ajratilib, 26 ta parrandachilik korxonasi taʼminlandi.
Prezidentimizning tashabbus va topshiriqlari asosida butun iqtisodiyot kompleksining faoliyati mamlakatimizda kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini hamda doimiy daromad manbaini taʼminlaydigan ish oʻrinlarini yaratishga yoʻnaltirilgan. Buning uchun 4 ta — Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tajribasi yaratilib, shu asosda butun mamlakatimizda, har bir tuman, har bir mahallada ishlar tashkil qilinmoqda.
Iqtisodiyot tarmogʻining bir boʻgʻini boʻlgan “Mikrokreditbank” tomonidan ham ushbu yoʻnalishda, yaʼni mahallabay tizimi asosida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Birinchidan, “Sayxunobod tajribasi” boʻyicha bankka biriktirilgan 1 230 ta mahalladagi 7 767 ta xonadonlarga jami 136,5 milliard soʻmlik loyiha paketlari yetkazib berilishi natijasida 15 844 nafar aholining bandligi taʼminlandi.
Bunda tanlangan xonadonlarga 37 gektar (1,6 mingta xonadon) ixcham issiqxona, 34 gektar uchun bogʻdorchilik koʻchatlari, 154 ming bosh parranda, 7,1 ming dona asalari qutilari, 12,7 ming bosh chorva mollari yetkazib berildi. Yil yakuniga qadar loyiha paketlari taqdim etilgan xonadonlar sonini 2 barobarga oshirish rejalashtirilgan.
Ikkinchidan, “Uychi tajribasi” asosida bank mijozlari, tadbirkorlar ishtirokida jami 337 marotaba uchrashuvlar oʻtkazilib, tadbirkorlarning 5 516 ta murojaatlari ijobiy hal etilib, 61 987 ta ish oʻrni yaratildi.
Shuningdek, 903 milliard soʻm kredit hisobiga 29 049 ta mikroloyiha roʻyobga chiqarildi. Buning hisobiga 52 140 nafar yangi ish oʻrni yaratildi.
Ushbu mikroloyihalarning 4 796 tasi sanoat, 12 445 tasi xizmat koʻrsatish va 11 808 tasi qishloq xoʻjaligi sohasiga toʻgʻri keladi.
Yil yakuniga qadar 144 milliard soʻm bank krediti hisobiga 11 608 ta mikroloyihalarni amalga oshirib, 96 912 ta ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilgan.
Uchinchidan, “Gʻijduvon tajribasi” asosida bank tomonidan Gʻijduvon tumani “Gulistonobod” MFYdagi “Ortiq Dilnavoz” MCHJga 150 oʻrinli tikuv sexi qurib berilib, tutash mahallalardagi 150 nafar ishsiz xotin-qizlar bandligi taʼminlandi.
Bu kabi ishlab chiqarish bino-inshootlari tumanning yana 20 ta mahallalarida qurilib, mahalliy tadbirkorlarga 20-yilga boʻlib toʻlash sharti bilan ajratiladi. Natijada, tumanning 3 mingdan ziyod aholisi ish bilan band qilinadi.
Bundan tashqari, Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani Naynavo mahallasidagi kasb hunarga oʻqitish markazi hududida joylashgan 3 qavatli ishlab chiqarish binosi taʼmirlanib, “Zinnur Tex Invest” MCHJga tikuv-trikotaj sexi tashkil qilish uchun ijaraga berildi. Hozir 100 nafar xotin qizlarni ish bilan taʼminlagan, korxona faoliyatini toʻla quvvatga olib chiqqandan soʻng 400 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Toʻrtinchidan, “Zarbdor tajribasi” asosida bankka biriktirilgan Xiva shahrining “Garvuk koʻl” massivida zamonaviy turizm majmuasi tashkil qilinmoqda.
Ushbu kompleksdagi 1 ta 29 oʻrinli va 3 ta 7 oʻrinli mehmon uylari, 1 ta 250 oʻrinli milliy taomlar restorani va savdo doʻkoni, 1 ta kafe va savdo doʻkoni, 1 ta ikki qavatli 270 oʻrinli Yevropa restorani va 1 ta yaxna ichimliklar kafesi (bar)ni qurib foydalanishga topshirish uchun “Mikrokreditbank” tomonidan 150 milliard soʻm mablagʻ ajratildi.
Shuningdek, Toshkent shahri Yashnobod tumanida 1 000 ta ish oʻrinli loyihani amalga oshirish boʻyicha qiymati 10 million dollar (bank krediti 6 mln dollar) boʻlgan “Food truck”, “Street Food”, “Busines Place”, umumiy ovqatlanish, shirinliklar va kofe tayyorlash va savdo shoxobchalari tarmogʻini tashkil qilish rejalashtirilgan.
Keyingi muhim yoʻnalish, yoshlarni taʼlim olishiga, oliy oʻquv yurtlari talabalarini moliyaviy qoʻllab quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Misol uchun, 2024-yilning oʻtgan davrida 13 589 nafar talabaga jami 113,5 milliard soʻm miqdorida taʼlim kreditlari ajratildi. Eʼtiborlisi, ushbu mablagʻning asosiy qismi, yaʼni 88,8 milliard soʻmi aynan 10 976 nafar xotin-qizlarning tahsil olishlari uchun foizsiz kreditlar ajratildi.
Shuningdek, aholini uy-joyga boʻlgan talabini qondirish maqsadida
3-chorakda 272 ta mijozga jami 82,7 milliard soʻm miqdorida ipoteka kreditlari ajratib berildi.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, bank tomonidan jismoniy shaxslarga 20 dan ortiq turdagi sifatli va jozibador bank xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda.
Bank transformatsiyasi jarayonlari natijasida 2024-yilda xizmat nuqtalari soni 574 taga, xizmat turlari soni 102 taga, bankomatlar soni 826 taga yetkazilib, 24/7 shoxobchalar soni 437 taga yetdi, bankimiz tomonidan oʻtgan davrda 2,38 milliondan ortiq mijozga xizmat koʻrsatildi. Shuningdek, jismoniy shaxslarga masofaviy xizmatlar koʻrsatish hajmi keskin oshirildi. Kreditlash tizimi avtomatlashtirilib, kredit ajratish jarayonida inson omili ishtiroki kamaytirildi, avtomatlashtirilgan kreditlar turi hamda soni ortgan. Jismoniy shaxslar uchun “Mavrid” yangi mobil ilovasi, mijozbay ishlash uchun CRM tizimi, skoring va kredit konveyeri tizimlari joriy qilindi.
Bankda amalga oshirilgan raqamlashtirish hamda transformatsiya chora-tadbirlarida inson omilisiz koʻrsatiladigan bank xizmatlaridan onlayn foydalanuvchi jismoniy shaxslar ulushi 60 foizga, tadbirkorlar ulushi 77 foizga oshdi.
“Mikrokreditbank” kelgusida ham aholiga va tadbirkorlik subyektlariga zamonaviy, sifatli bank xizmatlarini doimiy ravishda koʻrsatilishini taʼminlaydi.
Bank axborot xizmati
Reklama