Deputatlar Abdulla Aripovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga maʼqulladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Bosh vazir lavozimiga koʻrsatilgan Abdulla Aripov nomzodini koʻrib chiqdilar.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Bosh vazir lavozimiga koʻrsatilgan Abdulla Aripov nomzodini koʻrib chiqdilar.
Davlatimiz rahbari bu masalani atroflicha oʻylab, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodini koʻrsatishga qaror qilganini aytdi.
Yoshlarimiz ongu tafakkurida milliy gʻurur bilan birga umumbashariy qadriyatlarga hurmat hissini kamol toptirish maqsadida yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish zarurli...
Prezident Tashqi siyosat konsepsiyasini yangi tahrirda qabul qilish zarurligini taʼkidladi.
Bugun butun dunyo nihoyatda notinch va tahlikali vaziyatda davlatimizning mustaqilligi va suverenitetini, xalqimizning tinch va erkin hayotini eng bebaho boylik sifatida asrash va...
Prezidentimiz parlament va Hukumat oʻrtasidagi munosabat qarama-qarshilikka emas, konstruktiv muloqotga asoslanishi zarurligini yana bir bor eslatib oʻtdi.
Prezidentimiz aytilgan dolzarb vazifalarni bajarishda yangi Hukumatning Qonunchilik palatasi bilan yanada samarali hamkorlik olib borishi muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Majlisda taʼlim sifatini yanada oshirish, yoshlarimizni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan siyosat izchil davom ettirilishi taʼkidlandi.
Prezident taʼkidlaganidek, sogʻliqni saqlash, taʼlim va sportni rivojlantirish boʻyicha katta dasturlarni samarali va toʻliq amalga oshirish – hamisha Hukumatning kun tartibida tur...
Prezident aholimiz soni koʻpayib borayotgan hozirgi sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash eng dolzarb vazifa boʻlib qolishini taʼkidladi.
Kelgusi besh yilda iqtisodiyotning xususiy sektordagi ulushini 85 foizga yetkazish ham asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.
Prezidentimiz iqtisodiyot va aholi daromadlarini oʻstirishda yuqori qoʻshilgan qiymat yaratadigan sanoat tarmoqlariga alohida ahamiyat qaratish kerakligini qayd etdi.