Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni (PF–117-son, 25.07.2025-y.) qabul qilindi.
Bugun Oʻzbekistondagi keng qamrovli islohotlar mamlakat taraqqiyoti, jamiyat farovonligi va fuqarolar hayotini yaxshilashga qaratilgan. Islohotlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishi esa, avvalo, ijro intizomiga bogʻliqdir.
Mamlakatimizda zamonaviy boshqaruv uslublarini amaliyotga joriy etish, topshiriqlar ijrosini nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish va talabchanlikni kuchaytirish boʻyicha qator ishlar bajarildi.
Bu boʻyicha Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi qabul qilindi.
Ijro intizomi davlat organlari va tashkilotlari ish samaradorligini taʼminlovchi muhim hamda asosiy faoliyat koʻrsatkichlaridan biridir.
Ijro intizomi davlat organlari va tashkilotlarining ish samaradorligini taʼminlovchi muhim hamda asosiy faoliyat koʻrsatkichlaridan biri ekani hech kimga sir emas.
Prezidentning "Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni (PF-49-son 13.03.2024-y.) qabul qilindi.
viloyat hokimining oʻrinbosarlari tomonidan 18 ta, jumladan, qurilish majmuasi tomonidan 9 ta topshiriq ijrosi taʼminlanmagan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi transport vaziri Sultanbay Saparov Prezident boshchiligida oʻtkazilgan majlis bayonnomasiga muvofiq, Nukus shahri transport modelining Bosh rejasini ishlab chiqishni kechiktirgan.
Joriy yilning 2-iyul kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan qarorlar va tashrif bayonlaridagi topshiriqlar ijrosini oʻrganish natijasiga bagʻishlangan navbatdagi jamoatchilik eshituvini oʻtkazdi.