Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari B.Valiyev rahbarligida maxsus ishchi guruh tuzildi.
Toshkent viloyatining bir qator bogʻchalarida bolalar zaharlanishi bilan bogʻliq holat yuzasidan 7 kishi qamoqqa olindi.
Turkiya OAVlarida shu yilning 21-sentyabr kuni 36 yoshli “Zulayho” ismli Oʻzbekiston fuqarosi Istanbul shahridagi uylarning birida oʻldirib ketilgani haqida xabar tarqaldi.
Samarqand viloyatining Payariq tumanida tadbirkorlarni urib, qoʻrqitib ulardan pul talab qilib kelgan shaxslar qoʻlga tushdi.
Toshkent viloyati tumanlaridan birida oilaning holatini oʻrganish jarayonida qizaloqqa nisbatan zoʻravonlik sodir etilgani aniqlandi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Advokat oldindan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
1982-yilda tugʻilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Yusupov Amonbek Abdulhaqovich Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan qoʻlga olindi.
Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) va 259-moddasi (yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Jinoyatlarning 36,4 foizi mahallalarda sodir etilgani mahalliy darajadagi profilaktika ishlari talab darajasida emasligidan dalolat.
Shu yilning may oyida Andijonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida jihodchilar diniy ekstremistik oqimining yashirin jamoati faoliyati aniqlandi.