Aniqlanishicha, Samarqand viloyatidagi maktabning 8-sinf oʻquvchisi, voyaga yetmagan (2009-yilda tugʻilgan) P.Z. 2023-yil avgust oyida oʻziga avvaldan tanish boʻlgan, 2006-yilda tugʻilgan Sh.E. bilan yaqin munosabatda boʻlgan. 2024-yil 6-may kuni shifoxonada P.Z. chaqaloq dunyoga keltirgan.
Mazkur holat yuzasidan (voyaga yetmagan qizning yoshidan kelib chiqib, ariza bilan murojaat qilinmagan boʻlsada) tuman IIB tomonidan JKning 128-moddasi 1-qismi (Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, bunday toifadagi jinoyat ishi doirasida voyaga yetmagan jabrlanuvchi shaxsiga oid boʻlgan boshqa maʼlumotlarni oshkor qilish va tarqatish qonunan taqiqlangan hamda bola manfaatlariga zid ekanligini eslatib oʻtamiz.