Uchquduqlik qarzdorga tegishli avtomashina Chirchiq shahridan topildi

    Uning maʼmuriy qarzlari 70,8 mln soʻmni tashkil qilgan.

    Majburiy ijro Byurosi Navoiy viloyati boshqarmasi Qidiruv shoʻbasi xodimlari tomonidan qidiruvdagi qarzdor shaxslar va ularning mol-mulklari turgan joyini aniqlash, ularga qonun ustuvorligini taʼminlash maqsadida mamlakat boʻylab samarali va tezkor qidiruv tadbirlari amalga oshirib kelmoqda.

    Xususan, hududiy tuman-shahar boʻlimlari ish yurituvidagi qarzdorliklarini undirish bilan bogʻliq ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni oʻz vaqtida bartaraf etmagan qarzdorlarga nisbatan majburiy ijro harakatlari olib borilib, ularning nomidagi avtomashinalar qidirib topilishi taʼminlanib, xatlab kelinmoqda.

    Misol uchun, Byuroning Uchquduq tuman boʻlimi ish yurituvidagi IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmalarining tegishli qarorlariga asosan qarzdor О.Б.дан jami 70,8 mln. soʻm maʼmuriy jarimalarni undirish haqidagi 92 ta ijro hujjatlari yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ixtiyoriy muddatlar berilgan boʻlsada, qarzdor qarzdorliklarini qoplash chorasini koʻrmaganligi sababli, uning nomida boʻlgan «LEAPMOTOR» rusumli avtomashinasiga qidiruv eʼlon qilingan.

    Olib borilgan ijro harakatlari hamda tezkor qidiruv tadbirlari davomida, qarzdor О.Б.нинг nomidagi «LEAPMOTOR» rusumli avtotransport vositasi Toshkent viloyati, Chirchiq shahridan qidirib topilib, xatlanishi taʼminlangan.