Ularning aksariyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qoʻlga olinmoqda.

Kadastr agentligi bu kabi firibgarlardan ogoh boʻlishga chaqirdi. Qayd etilishicha, nafaqat hududiy boshqarma va tizim tashkilotlari hatto, Kadastr agentligi rahbariyatida ham bunday vakolat yoʻq.

"Ushbu jarayonni hech bir shaxs yoki muassasa “pul evaziga” bajara olmasligi, qonun bilan qatʼiy tartibga solinganini alohida taʼkidlaymiz.
Birinchidan, uy-joy qurish va tadbirkorlik maqsadlari uchun yer maydonlari onlayn auksion orqali ochiq savdoga qoʻyiladi.
Ikkinchidan, yerning toifasini oʻzgartirish faqat va faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ruxsati bilan amalga oshiriladi", deyiladi xabarda.

Eslatilishicha, yer toifasi oʻzgartirilgan taqdirda ham ushbu yer davlat zaxirasiga olinadi va qayta realizatsiya qilinadi.

Sobiq yoki amaldagi kadastr xodimlarining har qanday shubhali takliflari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki Kadastr agentligining 1097 qisqa raqamiga murojaat qilishingizni soʻraldi.