JSST bosh direktori Tedros Gebreyesusning qayd etishicha, bu — 20-yil avval kuchga kirgan Tamakiga qarshi kurashish boʻyicha hadli konvensiya samarasi.
Shunga qaramay, pasayish tendensiyasi xotirjamlik uchun asos boʻla olmaydi. Chunki tamaki hanuz dunyo boʻylab oldini olish mumkin boʻlgan oʻlim holatlarining asosiy omili boʻlib qolmoqda. Yaʼni ushbu illat oqibatida yiliga 8,7 million odam hayotdan koʻz yumayotgani achinarli.
Qolaversa, tamaki tutuni passiv chekuvchilar, yaʼni yon-atrofdagi insonlar hayotini ham zaharlamoqda. Xuddi shu omil yiliga 1,2 million nafardan ziyod kishining oʻlimiga sabab boʻlyapti.
JSSTning qatʼiy xulosasiga koʻra, qaysi turda va qancha dozada boʻlmasin, tamaki isteʼmoli sogʻliq uchun zararli!
Mavjud vaziyatni hisobga olib, JSST barcha aʼzo davlatlarni tamaki mahsulotlari isteʼmoli, ishlab chiqarilishi, realizatsiya va targʻibotini qatʼiy tartibga solishga chaqirdi.