Bu haqda “Oʻzgidromet” 26—30-may kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozida maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, markaziy va sharqiy viloyatlar boʻyicha ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Respublika shimolida, janubida va choʻl hududlarida asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Xususan, 27-may kuni Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari baʼzi joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi kutilmoqda.
26-may kuni kunduzi havo harorati 27-32 daraja, ertaga 22-25 daraja, 28-30-mayda 25-30 daraja, baʼzi joylarda 32 darajagacha boʻladi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Togʻoldi va togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sel-suv toshqini xavfi bor.
Toshkentda 26-may kuni harorat 29-31 daraja boʻladi. 27-mayda asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat kechga tomon qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Harorat 23-25 daraja boʻladi.
28-may, chorshanba kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat 28-30 daraja boʻladi. 29—30-may kunlari asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 29-mayda kechga tomon, 30-mayda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Shamol vaqti-vaqti bilan 12-14 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzi joylarda chang-toʻzon bilan kuzatiladi.