Qayd etilishicha, Ilhomjon Tursunaliyev 1971-yilda Fargʻona viloyatida tavallud topgan.1996-yil Fargʻona davlat universitetini jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
2006-2015-yillarda Fargʻona Olimpiya zaxiralari kolleji direktori, 2015-yildan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan.
Ilhomjon Tursunaliyev tomonidan respublika va xorijiy ilmiy jurnal hamda toʻplamlarida 70 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, shuningdek 20 ga yaqin darslik, oʻquv va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar chop etilgan.