Unga ko'ra, hodisa Falastin anklavining markaziy qismidagi “Netsarim” nazorat-o'tkazish punkti yaqinida sodir bo'lgan. 200 ga yaqin odam yaralangan.

Telekanal, shuningdek, G'azoning janubiy hududlari, xususan, Xon-Yunis shahriga havo va artilleriyadan kuchli zarbalar berilgani haqida xabar bergan, biroq jabrlanganlar soni haqida aniq ma'lumotlar hozircha taqdim etilmagan.

18-mart kuni Isroil armiyasi sektorda harbiy amaliyotlarni davom ettirib, unga qarshi ommaviy zarbalar berdi va shu tariqa joriy yilning yanvar oyida o'rnatilgan sulhni to'xtatdi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi buni Falastinning radikal harakati HAMASning vositachilar va AQSh Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoffning muzokaralar chog'ida ilgari surilgan takliflarni rad etishi bilan izohlab, G'azodagi operatsiyadan maqsad barcha garovga olinganlarni ozod qilish ekanini aytdi. Radikallar harbiy amaliyotlarning qayta boshlanganida Isroil va AQShni ayblashdi, deb xabar beradi tass.ru.