Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Denov tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.N. va kadastrlar palatasi Oltinsoy tuman boʻlimi muhandisi A.N. oʻzaro til biriktirib, fuqaro A.Y.ning ishonchiga kirib, unga Oltinsoy tumani “Ipoq” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 65 sotix yer maydonini 1,1 mlrd soʻmga sotishga kelishib, shundan 300 mln soʻmini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shuningdek, Departamentning Bagʻdod tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Sh-B.” fermer xoʻjaligi ishchisi Sh.Yu. fuqaro F.B.ning ishonchiga kirib, unga ushbu fermer xoʻjaligiga qarashli 26 sotix hamda tutash hududdagi suv yetkazib berish xizmatiga qarashli muhofaza zonasidagi 14 sotix yer maydonini 60 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 35 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.