7-iyul kuni erta tongda Atirau aholisi yonish hidini sezgan. Shu munosabat bilan soat 08:20 atrofida MI-8 “Kazaviaspasa” vertolyoti yuqorida turib kuzatish va yong'in manbasini aniqlash uchun havoga ko'tarildi, deb xabar beradi tengrinews.kz.
“Komissiya Kaspiy dengizining 15 kilometr radiusdagi sohilbo'yi hududini havodan ko'zdan kechirdi. Natijada sohilda besh gektar maydonda beshta yong'in aniqlandi. Yong'inning umumiy maydoni 10 gektarni tashkil etadi”, deyiladi Favqulodda vaziyatlar departamenti xabarida.
Qayd etilishicha, Kaspiy dengizining yong'in sodir bo'lgan qirg'oq hududi egasiz. Ma'lum qilinishicha, shamol yo'nalishi dengiz tomonga qaratilgan bo'lib, aholi punktlariga xavf tug'dirmaydi.
“Soat 05:40 da Atirau viloyati FVD kuch va vositalari yong'inni o'chirish uchun safarbar etildi. Soat 8:30 da Atiraudan 30 kilometr uzoqlikdagi Kenuzek qishloq okrugidagi yong'in sodir bo'lgan joylarga yetib keldi.
Qamishlarni o'chirishga 55 nafar xodim, 13 dona texnika va ikkita motor nasosi, shuningdek, MI-8 vertolyoti jalb etildi. Yong'inni o'chirish ishlari davom etmoqda”, — deya qo'shimcha qildi Atirau viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti.