Ertaga Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda.
Faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
23-aprel – chorshanba kuni faqat Fargʻona vodiysi viloyatlari boʻyicha qisqa muddatli momaqaldiroqli yomgʻirlar yogʻishi mumkin.
24-25-aprel kunlari respublikaning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi.
Dam olish kunlari kuzatilgan salqin havodan soʻng, ushbu hafta davomida havo harorati asta-sekin koʻtarilishi kutilmoqda. Bugun kunduzi respublika boʻyicha harorat +20...+25 daraja, ish haftasining oxiriga kelib +25...+30 daraja, shimolda, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda +31...+33 darajagacha boʻladi.
Shamol birozdan oʻrtacha tezlikgacha esadi, 24-25-aprelda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
21-22-aprel kunlari respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda bugun kechga tomon va ertaga kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati +21...+24 daraja boʻladi.
23-25-aprel kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat +25...+28 darajagacha koʻtariladi.
Harorat asosan kechalari +12...+15 daraja boʻladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.