Rolik muallifi oʻz izohida ushbu avtomobillar goʻyoki Qozogʻistonda qaytarilib, Oʻzbekistonga yetkazib berilayotganini taʼkidlaydi.
“UzAuto Motors” AJ ushbu xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi. Videoda koʻrsatilgan “Malibu-2” avtomobillari partiyasi Xitoydan Qozogʻiston hududi orqali belgilangan tartib-qoidalarga toʻliq rioya qilgan holda Oʻzbekistonga yuborilmoqda.
Kompaniya ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan notoʻgʻri maʼlumotlarni tarqatmaslikni soʻradi.