“Oʻzgidromet” agentligining xabar berishicha, bugun respublika boʻyicha ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat 25-28 daraja, janubda 30-33 daraja boʻladi.
Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida ertaga – 31-may kuni baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Havo harorati shanba kuni 28-31 darajagacha, yakshanba kuni 32-35 darajagacha asta-sekin koʻtariladi.
Respublika shimolida, janubida va choʻl hududlarida shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.Togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: bugun kunduzi havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Harorat 26-28 daraja boʻladi.
Dam olish kunlari havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat shanba kuni 28-30 daraja, yakshanba kuni 29-31 daraja boʻladi. Shamol sharqdan 3-6 m/s tezlikda esadi, bugun kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda 8-10 m/s gacha kuchayishi mumkin.