Turnirning ochilish uchrashuvida “A” guruhidan oʻrin olgan “Inter Mayami” jamoasi va “Al Ahli” klubi oʻzaro raqobatlashdi. Bahs 0:0 hisobida yakunlandi va jamoalar bir ochkodan boʻlishib oldi. Darvoqe, uchrashuvda “Al Ahli” futbolchisi Mahmud Trezege 43-daqiqada penaltini muvaffaqiyatsiz bajardi.

Endi musobaqaning “C” guruhida “Bavariya” va “Oklend Siti” basʼhiga bugun mamlakatimiz vaqti bilan soat 21:00 da guvoh boʻlamiz. Shuningdek, 16-iyun kuni “B” guruhidan oʻrin olgan “PSJ” – “Atletiko Madrid” (00:01), “Botafogo” – “Sietl Saunders” (07:00) va “A” guruhidagi “Palmeyras” – “Portu” (03:00) klublari bellashuvi oʻtkaziladi.

Oʻzbek muxlislari uchun ajoyib yangiliklardan biri shuki, ushbu jahon chempionatining birinchi turida Ilgiz Tantashev boshchiligidagi oʻzbekistonlik hakamlar brigadasi 17-iyun kuni “Fluminense“ – “Borussiya Dortmund” oʻrtasidagi uchrashuvni boshqaradi. Bahsda Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida ishlasa, Andrey Sapenko, Timur Gaynullin kabi hakamlarimiz qanotda faoliyat olib boradi.