Matbuot anjumanida universitet jamoasi, professor-oʻqituvchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida universitet Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori D.Yavmutov tomonidan 2025-2026 oʻquv yili qabuli hamda alohida iqtidor talab etadigan sport taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy ijodiy imtihonlarni oʻtkazish, BuxDUda amalga oshirilayotgan ishlar, oliygohning ilmiy salohiyati, kafedralar faoliyati, olinayotgan natijalar hamda kelgusidagi vazifalar haqida maʼlumot berildi.

Joriy yilda BuxDU Times Higher Education (THE) agentligining “Impact Rankings 2025” reytingida dunyoning eng nufuzli 800 ta universiteti roʻyxatidan joy oldi, — deydi Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Dilshod Yavmutov. — Shu bilan birga, Turizm taʼlim dasturlari UNWTO TedQual xalqaro akkreditatsiyasidan respublikada birinchilardan boʻlib muvaffaqiyatli tan olingani universitet nufuzini yanada oshirdi. Buxoro davlat universitetining 16 ta yoʻnalishlari Germaniyaning ACQUIN xalqaro akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtmoqda. Universitetning yana bir muvaffaqiyati shundaki, UI GreenMetric World University Rankings 2024 natijalarida yangi choʻqqilarni zabt etdi. Buxoro davlat universiteti UI GreenMetric ning Oʻzbekistondagi universitetlar uchun milliy koordinatori hisoblanadi.

Prezidentimiz rahbarligida maktab taʼlimi tizimidagi islohotlarga bagʻishlangan videoselektor boʻlib oʻtgan yigʻilishda taʼlimning barcha bosqichlariga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, yoshlar tarbiyasi va ularning salohiyatini roʻyobga chiqarish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Yigʻilishda davlat rahbari tomonidan yoshlar boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi eʼlon qilindi.

Ushbu topshiriqlar ijrosini taʼminlash hamda yoshlarga universitetda oʻqishning afzalliklari, qabul jarayonlarida abituriyentlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida bitiruvchilarni xabardor qilish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri ham tashkil etildi.

Shuni alohita taʼkidlash kerakki, universitetda 2025/2026-oʻquv yili qabul jarayonini tashkil etish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi. Jumladan 2025/2026-oʻquv yili uchun oʻqishga qabul qilish parametrlari boʻyicha Buxoro davlat universitetida 5 241 nafar, shundan 4755 nafar bakalavriat taʼlim yщnalishlariga va 486 nafar magistratura mutaxassisliklariga talabalarni oʻqishga qabul qilish rejalashtirilgan.

a) bakalavrlar tayyorlash boʻyicha — 4 755nafar:

kunduzgi taʼlim shakliga – 82 ta (+16) taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 2 980 nafar;

kechki taʼlim shakliga – 28 ta (+15) taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 800 nafar;

masofaviy taʼlim shakliga – 35 ta (+31) taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 975 nafar;

b) magistrlar tayyorlash boʻyicha – 56 ta (+10) mutaxassislik boʻyicha 376 nafar (94 nafar davlat granti, 282 nafar toʻlov-kontrakt asosida).

v) qoʻshma taʼlim dasturi – 2 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha 70 nafar;

g) qoʻshma taʼlim dasturi – 6 ta magistratura mutaxassisligi kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha 120 nafar;

Alohida iqtidor talab etiladigan 19 ta (11 ta sport va 6 ta sanʼat, 2 ta jurnalistika va axborot sohasi) taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 415 nafar (kunduzgi-415 nafar, masofaviy-50 nafar) qabul kvotasi shakllantirilgan. www.abit.buxd.uz rasmiy veb-saytda imtihon dasturlari, abitiruyentlarning imtihon topshirish kunlari, internet orqali translyatsiya qilish imkoniyatlari yaratiladi.

Buxoro davlat universitetida alohida iqtidor talab etiladigan mavjud taʼlim yoʻnalishlari;

  • 61010200 Sport faoliyati: erkin kurash;
  • 61010200 Sport faoliyati: dzyu-do;
  • 61010200 Sport faoliyati: kurash;
  • 61010300 Adaptiv jismoniy tarbiya va sport;
  • 61010200 Sport faoliyati: boks;
  • 61010200 Sport faoliyati: futbol;
  • 61010200 Sport faoliyati: mini-futbol;
  • 61010200 Sport faoliyati: basketbol;
  • 61010200 Sport faoliyati: voleybol;
  • 61010200 Sport faoliyati: tayekvondo WTF;
  • 61010200 Sport faoliyati: qoʻl toʻpi;
  • 61010200 Sport faoliyati: qoʻl jangi;
  • 60111200 Jismoniy madaniyat;
  • 60320100 Jurnalistika;
  • 60211700 Xalq ijodiyoti;
  • 60220200 Islomshunoslik;
  • 60320200 Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar;
  • 60210400 Dizayn: intererni loyihalash;
  • 60210800 Amaliy sanʼat: amaliy sanʼat asarlarini taʼmirlash;
  • 60210800 Amaliy sanʼat: meʼmoriy yodgorliklar bezagini taʼmirlash;
  • 60210500 Rangtasvir: dastgohi.

Bugungi kunda universitetda xorijning 140 taga yaqin oliy taʼlim muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalari amal qilmoqda. Shartnomalarning asosiy yoʻnalishi oʻzaro professor-oʻqituvchi va talaba almashish, malaka oshirish va ilmiy stajirovkalarni tashkil etish, qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish kabilarni qamrab oladi.

Hamkorlik shartnomalari doirasida 2024-2025 oʻquv yili davomida xorijdagi hamkor oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalariga 80 nafardan ortiq professor-oʻqituvchining malaka oshirishi tashkil etildi. Universitetda 60 nafardan ortiq xorijlik oʻqituvchilar onlayn va anʼanaviy shaklda dars berishdi, turk va ispan tillarini oʻqitish yoʻlga qoʻyildi.

Talabalarda amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish hamda ish bilan bandliklarini taʼminlash maqsadida talabalar “Ish va sayohat” dasturi doirasida Germaniyaga malakaviy amaliyotga yuborildi. Yangi oʻquv yilida ham xalqaro hamkorlik koʻrsatkichlarini yanada oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, tadbir soʻngida OAV vakillari, abituriyentlar hamda ularning ota-onalari BuxDU “Universal” sport majmuasida yaratilgan imkoniyatlar bilan batafsil tanishishdi. Jumladan, sportning shashka, shaxmat, stol tennis, voleybol, basketbol, gandbol, mini futbol kabi turlari bilan mukammal shugʻullanish uchun imkoniyatlar oʻrganildi.


BuxDU axborot xizmati boʻlimi



Hamkorlik materiali