Qayd etilishicha, qabul yakuniga koʻra onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni 732 411 nafarni tashkil etdi.

Abituriyentlarning taʼlim tili boʻyicha taqsimoti:

  • Oʻzbek tili — 644 027 nafar;
  • Rus tili — 71 476 nafar;
  • Qoraqalpoq tili — 14 959 nafar;
  • Boshqa tillar — 1 949 nafar.

Abituriyentlarning gender tarkibi boʻyicha taqsimoti:

  • erkaklar — 346 299 nafar;
  • ayollar — 386 112 nafar.

Eslatma: roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar test sinovi uchun toʻlovni bugun, 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar amalga oshirishlari mumkin.