Qayd etilishicha, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻi bilan 2025/2026-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi.
Ushbu oʻtish ballari joriy yilda ham tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.