Toshkent shahar transport tizimini zamonaviylashtirish doirasida Shota Rustaveli koʻchasidan oʻtuvchi navbatdagi avtobus yoʻnalishlari markaziy avtobus yoʻlagi orqali harakatlanishni boshlaydi.
Mazkur yoʻlak orqali harakatlanayotgan avtobuslarga ustuvorlik berilishi lozim. Bu tizim jamoat transporti harakatini tezlashtirish va shaxsiy avtomobil oqimini qisqartirishga xizmat qiladi, deya xabar beradi Transport vazirligi.
Yoʻlovchilar uchun muhim eslatma:
- Avtobuslar yoʻlning oʻrta qismidagi maxsus ajratilgan yoʻlak orqali harakatlanadi.
- Platformaga faqat belgilangan piyodalar yoʻlagi orqali chiqish mumkin.
- Avtobus toʻliq toʻxtagandan soʻnggina eshikqa yaqinlashing.
- Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va bolali yoʻlovchilarga avvalo yoʻl bering.
Haydovchilar uchun qoidalar:
- Markaziy avtobus yoʻlagi (BRT) faqat avtobuslar uchun moʻljallangan.
- Bu yoʻlakda boshqa transport vositalari harakatlanishi yoki toʻxtashi qatʼiyan taqiqlanadi.
- Har ikki yoʻnalishda ham chapga burilish va orqaga qayrish taqiqlanadi.
Eslatma:
Markaziy avtobus yoʻlagi (BRT) — Toshkent transport tizimini isloh qilish va ekologik barqarorlikni taʼminlash sari tashlangan muhim qadamdir.
Barcha yoʻl harakati ishtirokchilaridan hamkorlik, ehtiyotkorlik va madaniyatli harakat talab etiladi.