“Yangi Oʻzbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va maʼrifat” mavzusidagi Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasidagi tadbirlar ana shunday dolzarb mavzularga bagʻishlanayotgani bilan omma eʼtiborini tortmoqda.
Vaziri mamlakatimiz barqaror rivojlanishida oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohalarining oʻrin tutishi haqida toʻxtalib, tizimdagi yangilanishlar haqida fikr yuritdi. Uning qayd etishicha, soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishda xalqaro tashkilot va moliya institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilinmoqda.
Tadbirkorlar loyihalari uchun XMIlardan 2,5 mlrd dollar investitsiya jalb qilinib, jami 1,3 mlrd dollarli, shundan meva-sabzavotchilikda 1,1 mlrd dollar, chorvachilikda 270 mln dollar va boshqa yoʻnalishlarda 11,9 mln dollar qiymatidagi 4 mingta loyiha ishga tushdi.
2026-yilgacha agrar va oziq-ovqat sohasiga har yili 1 mlrd dollar investitsiya jalb qilinadi.
Paxta va gʻallada toʻliq bozor mexanizmiga oʻtildi, narxlar erkinlashib, jahon va mintaqaviy bozorlarga moslashdi.
Fermer va dehqonlarga yer ajratishda mahalliy hokimliklar ishtiroki bekor qilinib, shaffof onlayn tizimga oʻtildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi toʻqqizta banddan iborat boʻlib, birinchi band aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan. Bu global ahamiyatga ega muhim vazifa. Ushbu vazifani bajarish uchun keyingi yillarda, yerdan samarali foydalanish va ekin turlarini diversifikatsiya qilish maqsadlaridan kelib chiqib, koʻplab oʻzgarishlarga erishildi. Aytib oʻtish kerakki, gʻalla va paxta maydonlarini qisqartirish evaziga meva-sabzavotlarni ekish koʻpaydi.
Keyingi masala — bu kooperatsiyalar tizimi. Kichik dehqon xoʻjaliklarini kooperatsiya orqali yirik tadbirkorlik subektlariga aylantirish, xarajatlarini kamaytirish va daromadini koʻpaytirish hamda moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratish ustida ham ishlar olib borilmoqda.
Suvdan oqilona foydalanish, nafaqat moliyaviy, balki bilim investitsiyalarini kiritish masalalari doimiy eʼtiborda. Qariyb 1,4 mln gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilindi, 4,5 mlrd m3 suv iqtisod qilindi, 350 mlrd soʻm subsidiya berildi.
Kelgusi 5 yilda yana 500 ming gektar yerlar foydalanishga kiritiladi, 2 mln ga suv tejovchi texnologiya joriy qilinadi.
Irrigatsiya va melioratsiya holati yomonlashuvi natijasida foydalanishdan chiqqan 1,1 mln gektar yerlarni oborotga kiritish Konsepsiyasi qabul qilindi.
Oʻtgan davrda oborotdan chiqqan, lalmi, yaylov yerlardan qariyb 580 ming gektari foydalanishga kiritildi. Oʻzlashgan yerlarda 280 ming aholi bandligi taʼminlandi va qoʻshimcha 3,7 mln tonna mahsulot yetishtirildi.
Qishloq xoʻjaligi yerlarining chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga 25 yilga ijaraga berilishi belgilandi.