O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birini samimiy qut...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 30-mart kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladilar. Davlat rahbarlari qardosh xalqlarimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.