Bu haqda diyetolog Yelena Solomatina batafsil ma'lumot berdi.
Mutaxassisning fikricha, to'yingan yog' kislotalari, xususan, yong'oq, yog'li baliq va zig'ir urug'i yog'ida mavjud bo'lgan omega-3 miya faoliyatini yaxshilaydi.
Uning qo'shimcha qilishicha, omega-3 yog' kislotalari organizmdagi yallig'lanishni kamaytiradi va qonni suyultiradi. Xususan, aterosklerotik blyashka, qon bosimining oshishi yoki pasayishi yuzaga kelsa, ular kichik tomirlar orqali qon aylanishiga yordam beradi hamda bu orqali tromblar hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi.
B guruhi vitaminlarini o'z ichiga olgan oziq-ovqatlar ham foydalidir, hayvonot mahsulotlari – jigar, turli xil go'shtlar tarkibidagi V12 vitamini miya faoliyatida muhim ahamiyatga ega.
Shifokor antioksidantlar – P guruhi vitaminlari ham foydali ekanini aytdi. Bularga rutin, kvertsetin, refinatroz, polifinol kiradi. Ushbu moddalar miya hujayralarining yo'qolishidan himoya qiladi va S vitamini saqlanishiga hissa qo'shadi, bu anoksidantlarning ishini uzaytiradi va ularning oksidlanishinining oldini oladi. Ushbu guruhning foydali moddalari chernika, anor, ko'katlarda mavjud.
Shifokorning ta'kidlashicha, D vitamini ruhiy kasalliklarning paydo bo'lishiga bevosita ta'sir qiladi. Shu bois, tuxum, treska balig'i jigari va yog'li baliqlar dietaga kiritilishi kerak. Bu depressiyani yengishda, e'tiborni yaxshilashda foydali.
Bundan tashqari, sabzavotlar tarkibidagi tolalar miya faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Misol uchun, sarimsoqpiyoz umumiy yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega va qon aylanishini yaxshilaydi, deb xabar beradi mir24.tv.