Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflik taʼminlanishi zarur

    Fikr 1 Dekabr 2022 1703

    Yer sohasidagi islohotlar bugungi kun hayotimizning barcha sohalari bilan aloqadorligi hamda yerlarni hisobini yuritish va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish zarurligi har bir fuqarolar oʻrtasida boʻlayotgan bahs va munozaralardagi asosiy mavzulardan biriga aylangan.

    Ammo fuqarolarning yer sohasidagi olib borilayotgan islohotlardan bexabarligi ayrimlar orasidagi oʻzaro tortishuvlar va nizoli holatlarni olib kelinishiga sabab boʻlyapti.

    Ushbu nizo va tortishuvlarni oldini olish va yer siyosatini olib borishdagi, jumladan fuqarolarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan.

    Bugungi kunda qator sohalarda olib borilayotgan islohotlar va oʻzgarishlar singari yer va kadastr sohasini xam chetlab oʻtmagan.

    Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoni bilan 2021-yil 1-avgustdan boshlab, 3 ta huquq turi orqali realizatsiya qilish belgilangan.

    Yer uchastkalari xususiy sektorga yaʼni yuridik va jismoniy shaxslarga mulk va ijara huquqi asosida, davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishi yoʻlga qoʻyilgan.

    Shundan, mulk va ijara huquqi asosida yer uchastkalarini realizatsiya qilish elektron onlayn-auksion orqali hamda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq amalga oshirish mexanizmi tegishli qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solingan.

    Shu bilan birgalikda, ushbu Farmonga muvofiq, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilinadi, bunda ilgari ajratilgan yer uchastkalariga boʻlgan bunday huquqlar ularning egalarida amaldagi tartibda saqlanib qolinishi hamda ijaraga olingan yer uchastkasida qonunchilikda belgilangan tartibda qurilgan koʻchmas mulk obyektiga mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda, ushbu obyektga mulk huquqi bilan birgalikda u joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi ham yangi mulkdorga oʻtishi koʻrsatilgan.

    Jumladan, yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishda ham qator islohotlar olib borilyapti.

    Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 31-moddasiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga boʻlgan huquqi joyning oʻzida chegaralar belgilanganidan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uchastkalariga boʻlgan huquq davlat roʻyxatiga olinganidan keyin vujudga kelishi belgilangan.

    Ayrim fuqarolar tomonidan “Yer uchastkasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun kadastrga murojaat qildim ammo ishimni hal qilmadi”, degan eʼtirozlarini xam eshitib turamiz gohida. Shuni alohida taʼkidlab oʻtishimiz zarurki, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan huquq egasining murojaati bilan yer uchastkasiga boʻlgan huquq vujudga kelganidan keyin yer uchastkasiga boʻlgan huquq belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.

    Yaʼni koʻrib turibmizki, kadastr organlari yer uchastkasini davlat roʻyxatidan oʻtkazmaydi, balki yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi. Bunda, Yer uchastkasi, unga boʻlgan huquqni va ushbu huquq egasini bogʻlovchi tashkilot sifatida koʻrishimiz mumkin. Ushbu jarayonni amalga oshirishimiz uchun yuqoridagi 3 ta maʼlumot boʻlishi zarur.

    Bexzod Jumabayev,

    Davlat kadastrlari palatasi
    Xorazm viloyati boshqarmasi
    boshligʻi.