Muzokaralar chog‘ida Germaniya tomoniga 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakatimizning yangilangan tashqi siyosati va iqtisodiy taraqqiyoti yo‘lida erishilgan natijalar haqida maʼlumot berildi.
Germaniya ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, xususan, shinalarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tizimini yaratishga qiziqish bildirishdi.
“Selfus” kompaniyasi rahbari Alek Luri qayta ishlangan shinalardan quyosh panellari, pol qoplamalari, tomchilatib sug‘orish shlanglari ostiga o‘rnatish va tuproq eroziyasidan himoya qilish uchun mo‘ljallangan tizimlarning bir qismi sifatida “geogridlar” ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkinligini bildirdi.
Shinalarni yig‘ish va utilizatsiya qilish, qayta ishlangan mahsulotlarni qayta ishlash bo‘yicha to‘liq siklga ega ushbu turdagi qo‘shma korxonaning tashkil etilishi mamlakatimizdagi ekologik vaziyatni yana-da yaxshilash imkonini beradi.
Muzokaralar natijasida tomonlar ushbu loyihani O‘zbekistonda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Xususan, «Matteco GmbH» va “Selfus” kompaniyalari rahbarlari O‘zbekistonning vakolatli idoralari bilan mamlakatimizda chiqindilarni qayta ishlashni yana-da rivojlantirish doirasida foydalanilgan shinalarni qayta ishlash uchun integratsiyalashgan texnologiyani joriy etish masalalarini muhokama qilish uchun respublikaga tashrif buyurishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.