Unda navoiyshunos, boburshunos olimlar, Agentlik xodimlari, noshirlar, adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Navoiy hamda Bobur ijodi, faoliyati keng tahlil va tadqiq qilingan, ilmiy izlanishlar aks ettirilgan bir qator kitoblar taqdimoti ham oʻtkazildi. Xususan, bugun koʻplab adabiyotshunoslar eʼtirofiga tushgan yosh olim Akrom Malikning “Hayratul abror” — Matn, nasriy bayon.
Sharhlar va lugʻat” kitobi, filologiya fanlari doktori Olim Davlatovning 2 jildlik “Maʼnolar xazinasi” asari, Zuhriddin Isomiddinovning “Shavqi-navo” nomli kitobi, filologiya fanlari doktori Muslihiddin Muhiddinov “Koʻngil hayratlari” risolasi, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Shuhrat Hayitovning “Xorijda boburshunoslik” monografiyasi taqdimoti ishtirokchilar tomonidan juda katta qiziqish va qizgʻin fikr-mulohazalar bilan kutib olindi.
Shuningdek, professor Zulxumor Xolmonova boburshunoslikning yangi ufqlari, Bobur adabiy merosini oʻrganishda xalqaro hamkorlik, shoir ijodining hali qayd etilmagan qirralari haqida toʻxtalib oʻtdi. Tadbir yakunida xalq maʼnaviyatini yuksaltirishda xizmat qiladigan, davrlar osha oʻz ahamiyati va dolzarbligini yoʻqotmaydigan buyuk ajdodlarimiz merosini oʻrganish va targʻib etishda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, jumladan, barcha yoʻnalishdagi ilm-fan fidoyilari, ustoz olimlar, Yozuvchilar uyushmasi, Badiiy akademiya bilan yaqin hamkorlik bardavom boʻlishi taʼkidlandi.