Xatirchi tumani azaldan uzumzor bog'lari va mayizi bilan mashhur. Joriy yilda bu yerda 1 690 gektar maydonda tokzor hamda 540 gektar erda bog' barpo etish rejaga kiritilgan. “Ko'ksaroy” mahallasida joylashgan “Zarafshon golden siti” fermer xo'jaligida joriy yil 100 gektar maydonga 111 000 dona tok ekish hisobiga uzumzor yaratishni mo'ljallagan bo'lsa, hozirga qadar uning uchdan biriga qora kishmish navi ekildi.
“Triumf fruitgardens” fermer xo'jaligida barpo etilayotgan 40 gektar bog'ning qariyb yarmiga olmaning intensiv navi Golden delishes ko'chatlari o'tqazildi.
Fermerlar intensiv bog'larning afzalligini yaxshi biladi. Hosilga tez kiradigan mevali daraxtlarning tanasi kichik bo'lganligi uchun ularga ishlov berish, sug'orish, kesish, shakl berish, dori sepish va mevasini terish o'ta qulay. Bunday bog'larda nihollar tanasiga yorug'lik tushishi, havo aylanishi yaxshi bo'lganligi uchun mevasining sifati yuqori bo'ladi. Mevasini terish ham ancha qulay. Masalan, oddiy olmali bog'ning bir gektaridan 10-20 tonnagacha hosil etishtirish mumkin. Pakana va yarim pakana daraxtlardan esa 50-80 tonnagacha hosil olsa bo'ladi. Negaki, quyosh nurlari tushish darajasi va fotosintez jarayoni yaxshi kechgani sababli ham mahsuldorligi yuqori bo'ladi.
— Tumanimizda joriy yil 198 nafar fermer, tadbirkor tomonidan intensiv bog' va uzumzorlar tashkil etiladi, — deydi “O'zagroinspektsiya”ning Xatirchi tuman bo'limi katta inspektori Jamoliddin Bobomurodov. — Yerlarni sifatli tayyorlash, ko'chat o'tqazishda uni sertifikatlanganiga ahamiyat qaratish, zarur agrotexnik tadbirlarni kechiktirmay vaqtida olib borish bo'yicha fermer, tadbirkorlarga tavsiyalar beryapmiz va yaqindan yordam berishga harakat qilyapmiz. Chunki, ko'klamning bir kuni yilga tatiydi. Qir-adirlardagi maydonlarni ekishga tayyorlash bilan birga, tik quduqlar qazish, elektr energiyasi tarmoqlarini tortish ishlari davom etyapti.
Nurota tumanida esa 635 gektar maydonda yangi bog', 1 045 gektar erda tokzor barpo etiladi. “Nurota Golden Grapes” MCHJ tomonidan yaratilayotgan 40 gektar maydondagi uzumzorga tomchilatib sug'orish texnologiyasi ham o'rnatildi.
— Tokzorimizga ekilgan ko'chatlar uch yilda hosilga kiradi, — deydi jamiyat rahbari SHarofat elomonova. — Hosildorlikning yuqori bo'lishi kafolatlangan. Pirovard maqsadimiz — uzumlarni qayta ishlash va chet elga eksport qilish.
Navoiy viloyatida joriy yilda 7012 gektar maydonda intensiv bog' va uzumzor yaratish, 724 gektar tokzor, 579 gektar bog'da tomchilatib sug'orishni joriy etish rejalashtirilgan. Bu boradagi ishlar asosan160 dan ortiq fermer xo'jaligida amalga oshiriladi. SHu bois ularning ajratilgan erlarni ko'chat ekishga tayyorlash va ularga hosildor navlarni etkazib berish bo'yicha olib borayotgan tadbirlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi viloyat boshqarmasi hamda tuman bo'limlari tomonidan nazorat ostiga olingan. Jumladan, bog' yaratish uchun bugungi kunga qadar 2,6 million tupdan ortiq ko'chat zarur bo'lib, uning yarmidan ko'pi etkazib berildi. Bunda “Tomorqa xizmati” mas'uliyati cheklangan jamiyatlari bilan shartnomalar tuzilayotgani qo'l kelyapti.
Tokzorlar barpo qilish uchun esa talab qilinadigan 4,3 million tup ko'chatning 2,8 million donasi fermer va tadbirkorlarga etkazib berildi. SHu paytga qadar 1,5 ming gektardan ortiq maydonda tokzorlar barpo etildi.
Prezidentimizning joriy yil 26 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi qarorida 2021 yil 31 dekabrga qadar mahalliy urug'chilik xo'jaliklaridan sertifikatlangan qishloq xo'jaligi ekinlari urug'lari va ko'chatlarini sotib olgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga ular qiymatining 20 foizigacha Davlat byudjetidan qoplab berilishi belgilanganligi fermer va tadbirkorlarni bahorgi ko'chat ekish ishlarini o'z vaqtida va sifatli basharishga rag'batlantiryapti va ruhlantiryapti.
Qolaversa, shu oy boshidan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida bog'dorchilik, uzumchilik va limonchilikni rivojlantirish uchun aholiga ajratiladigan kreditlar muddati 3 yildan 7 yilgacha, imtiyozli davr esa 1 yildan 3 yilgacha uzaytirildi. Bundan tashqari, ushbu hujjatga ko'ra, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab sertifikatlangan qishloq xo'jaligi ekinlari urug'lari va ko'chatlarini xarid qilish uchun ajratiladigan tijorat banklarining kreditlari bo'yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi mablag'lari hisobidan: foiz xarajatlarini qoplash uchun milliy valyutada kreditlar bo'yicha – tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan, xorijiy valyutada kreditlar bo'yicha – belgilangan foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 foiz punktidan ko'p bo'lmagan qismiga kompensatsiya taqdim etilishi mo'ljallanmoqda. Bu bog'bon va sohibkorlarga moliyaviy ko'mak bo'lishi barobarida yangidan-yangi innovatsion rejalarni hayotga tatbiq etishga bo'lgan ishonchini yanada oshiradi.
Zulfiya Boboeva,
“O'zagroinspeksiya” Navoiy viloyat
boshqarmasi bosh inspektori