Unda Oʻzbekistonda davlat rahbarining “Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasi umumxalq muhokamasiga qoʻyilgani oʻquvchilar eʼtiboriga havola etilgan.
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Prezidenti farmoni loyihasida yettita ustuvor yoʻnalish boʻyicha chora-tadbirlar oʻz ifodasini topgan “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash nazarda tutilgan.
“Inson qadri uchun” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yetti ustuvor yoʻnalish inson shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish orqali insonparvar davlat yaratish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini mamlakat taraqqiyotining asosiy va zarur shartiga aylantirish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning oʻsish surʼatlarini zamon talablari darajasida taʼminlash, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish, maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash, tubdan isloh qilish va bu sohani yangi bosqichga koʻtarish, umumbashariy muammolarni milliy manfaatlar asosida hal etish, mamlakat xavfsizligi va mudofaa salohiyatini mustahkamlash, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish maqsadlarini qamrab olgan”, — deb yozadi ispan nashri.
Nashr Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasida iqtisodiy rivojlanishning keyingi besh yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari belgilab olinayotganini alohida taʼkidlagan, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
Shuningdek, “El Mundo Financiero”da “Strategiya aholi jon boshiga ishlab chiqarishni sifatli va sezilarli darajada oshirish, sanoat ishlab chiqarishini koʻpaytirish va milliardlab investitsiyalarni jalb qilish kabi katta maqsadlarni koʻzda tutgan. Umuman olganda, keyingi besh yil ichida aholi jon boshiga YAIMni 1,6 barobar oshirish vazifasi turibdi”,— deb taʼkidlanadi.