MDH ijodiy va ilmiy ziyolilarining Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan XV forumida ishtirok etayotganimizdan behad mamnunmiz. Avvalo, ushbu anjumanni yuqori darajada tashkil qilishga barcha sharoitlarni yaratib, qoʻllab-quvvatlagani uchun Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevdan minnatdor ekanimizni bildirmoqchiman.
Bugun dunyoda pandemiya va global iqtisodiy inqiroz bilan bogʻliq dolzarb muammolar kuzatilayotgan sharoitda ezgu maqsadlarni koʻzlagan ushbu forum MDH mamlakatlari uchun muhim ahamiyatga ega.
Biz taʼlim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi ishlarni sarhisob qilish bilan birga, madaniy-maʼrifiy aloqalarni yanada mustahkamlash, kelgusi rejalarni tuzib olish uchun yigʻildik.
Forum tashkil etilganidan buyon koʻplab xayrli ishlar qilindi. Xususan, Oʻzbekistonda MDH davlatlarining xalqaro anjumanlari, festivallari, koʻrgazma va yarmarkalari, turli tanlovlarini oʻtkazish, oʻzaro tajriba almashish keng yoʻlga qoʻyildi.
Mamlakatda madaniyat va sanʼatni rivojlantirish, madaniy meros namunalarini asrab-avaylash, taʼlim sohasini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, bu yerda “Sharq taronalari”, Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali, Xalqaro maqom sanʼati anjumani, “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro folklor musiqa festivali kabi nufuzli tadbirlar oʻtkazilishi nafaqat MDH mamlakatlari, balki boshqa davlatlarning ham eʼtirofiga sazovor boʻlmoqda.
Oʻzbekistonliklarning sanʼat va madaniyatga yuksak munosabatini Sankt-Peterburg, Moskva shaharlarida oʻtkazilgan Oʻzbekiston madaniyati kunlari, shuningdek, Oʻzbekistonda boshqa mamlakatlarning madaniyat kunlari tashkil etilayotgani misolida ham koʻrish mumkin.
MDH Gumanitar hamkorlik boʻyicha davlatlararo fondi masʼuli sifatida aytishim mumkinki, Oʻzbekistonda ijodiy va ilmiy ziyolilar forumi qizgʻin va samarali kechmoqda.
Anjuman ishtirokchilari mamlakatda madaniyat va sanʼat, fan-taʼlim, adabiyot, yoshlar bilan ishlash borasida erishilgan tajribalar bilan tanishmoqda. MDH mamlakatlari oʻrtasida madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish va kuchaytirishda mazkur anjuman alohida ahamiyatga ega.
Mixail Shvidkoy,
MDH Gumanitar hamkorlik boʻyicha davlatlararo fondi boshqaruvi hamraisi,
Gumanitar hamkorlik kengashida Rossiya Federatsiyasi vakili, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining
xalqaro madaniy hamkorlik masalalari boʻyicha maxsus vakili