Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari boʻyicha xalqaro andozalar oʻrganilyapti

    Ijtimoiy hayot 6 Mart 2024 795

    5-6-mart kunlari Toshkent shahrida “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari: xalqaro andozalar va milliy amaliyot” mavzusida oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

    Ushbu seminar Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Nogironlar assotsiatsiyasi va Nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda, Yevropa Kengashi Hamkorlik dasturlari boshqarmasining Markaziy Osiyo uchun “Qonun ustuvorligi” boʻyicha HELP dasturi doirasida tashkil etildi.

    Treningdaasosiyeʼtibornogironligiboʻlganshaxslarninghuquqlarinihimoyaqilishvatargʻibetishsohasidaoʻzarotajribaalmashishvailgʻoramaliyotlarnioʻrganishgaqaratildi. UndaBMTningNogironlarhuquqlaritoʻgʻrisidagikonvensiyasiqoidalarinimilliyvaxalqarodarajalardayanadasamaraliamalgaoshirishgayordamberadigananiqstrategiyavauslublaratroflichamuhokamaqilindi.

    Tadbirda Oliy Majlis palatalari, Oliy sud, huquqni muhofaza qilish organlari, manfaatdor vazirliklar, inson huquqlarini himoya qilish milliy institutlari, ilmiy hamjamiyat va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.

    Yevropa Kengashi maslahatchilari Yevgeniy Goloshapov va Kseniya Siminchuk, Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudi Kotibiyatining katta huquqshunos-maslahatchisi Natalya Vorobyeva ekspert sifatida soʻzga chiqdi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov oʻz videomurojaatida BMTning Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi qoidalarini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi, shuningdek, Oʻzbekiston hukumati tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslarning ahvolini yaxshilash va inklyuziv jamiyat qurish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berdi.

    Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari, elchi Sharlott Adrian oʻz nutqida Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini takomillashtirish sohasidagi hamkorlik muhimligini qayd etdi.

    Yevropa Kengashining “Markaziy Osiyoda HELP” loyihasi rahbari Kristina Xoxlova nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish Yevropa Kengashi faoliyatida katta oʻrin tutishini taʼkidladi. Xususan, “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari” boʻyicha HELP dasturining mavzuli kursi oʻzbek tiliga tarjima qilinib, milliy qonunchilikka moslashtirildi hamda bepul foydalanish uchun HELP platformasiga joylashtirildi.

    Oʻz navbatida, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati raisi Komil Abdullayev mamlakatimizda qabul qilingan 200 dan ortiq qonun hujjatida nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilishga oid qoidalar oʻz ifodasini topgani xususida soʻz yuritdi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 630 dan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti ayni yoʻnalishda samarali ish olib boryapti.

    Oʻquv-seminarda xorijiy ekspertlar va milliy mutaxassislar nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish borasidagi bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

    Trening yakunida ishtirokchilar tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qator tadbirlarning ahamiyati yuzasidan tavsiyalar qabul qilindi. Xususan, milliy qonunchilikni tahlil qilish va xalqaro standartlarga moslashtirish; davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari uchun tematik oʻquv dasturlarini joriy etish; jamoat joylarida, transportda, taʼlim muassasalarida va ishxonalarda toʻsiqsiz muhitni taʼminlash; nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan ish beruvchilarni ragʻbatlantirish, kadrlar tayyorlash va kasbiy qayta tayyorlash, shuningdek, moslashtirilgan va inklyuziv ish oʻrinlarini yaratish dasturlarini ishlab chiqish tavsiya etiladi.

    Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi

    Milliy markazining matbuot xizmati.