Oʻzbekiston vakili BMT Kengashining 55-sessiyasida soʻzga chiqdi

    Xalqaro hamkorlik 27 Fevral 2024 754

    Joriy yil 26-fevralda Jenevada Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari boʻyicha kengashining 55-sessiyasi boshlandi.

    Sessiyaning Oliy darajadagi segmentida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov soʻzga chiqdi.

    Oʻzbekiston vakili mamlakatimizda qonun ustuvorligi, demokratiya va inson huquqlarini taʼminlash sohalarida islohotlarni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yoʻnalishlari haqida toʻxtaldi. Oʻtgan yil aprelida umumxalq referendumida qabul qilingan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Yangi Oʻzbekistonning tub mohiyatini tavsiflovchi “beshta ustun” belgilandi.

    Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizdagi inson huquqlariga oid qoidalar Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa xalqaro hujjatlarga toʻliq mos keladi. Konstitutsiyada oʻlim jazosini qoʻllash rasman taqiqlangan.

    Eʼtiborlisi, Konstitutsiyamizdabirinchimartainsonhuquqlariboʻyichahamxalqaro, hammilliyorganlargamurojaatqilishhuquqikafolatlandi. “Mirandaqoidalari” va “Xabeaskorpus” kabixalqaromiqyosdatanolinganyuridikinstitutlarkonstitutsiyaviymustahkamlandi. Shuningdek, bepulyuridikyordamkoʻrsatishninazardatutadigan “Probono” institutihamkonstitutsiyaviymaqomgaegaboʻldi.

    Yangi Konstitutsiyada birinchi marta fuqarolarning konstitutsiyaviy shikoyatlari instituti mustahkamlandi. Oʻzbekiston oʻzining xalqaro majburiyatlarini faol bajarib, fuqarolarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiryapti, sud-huquq bazasini isloh qilyapti.

    Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga koʻra, endilikda nafaqat bolalar mehnati va majburiy mehnatni taqiqlash kafolatlandi, balki bunday huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik ham joriy etildi. Mamlakatimizda ayollar va voyaga yetmaganlarni zoʻravonliklardan himoya qilishga qaratilgan alohida qonun qabul qilingan.

    Oʻzbekiston milliy qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishning izchil tarafdoridir. Binobarin, yurtimizda barcha normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender muammosi, inson huquqlari va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha kompleks ekspertizadan oʻtkazish qatʼiy yoʻlga qoʻyilgan.

    Shumaʼnoda, 2023-yildaqabulqilingan “Oʻzbekiston-2030» strategiyasiBMTningBarqarorrivojlanishmaqsadlarigatoʻlamoskeladi. InsonhuquqlariboʻyichaOʻzbekistonRespublikasiMilliystrategiyasiamalgaoshiribkelinyapti. Oxirgiuchyildabuboradabirqatormuhimmarralargaerishdik.

    Birinchidan, Inson huquqlari boʻyicha kengash va BMT shartnoma organlarining tavsiyalariga muvofiq, Bolalar ombudsmani lavozimi taʼsis etildi.

    Ikkinchidan, Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish boʻyicha huquqiy va maʼmuriy choralar koʻrildi.

    Uchinchidan, fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokida milliy parlament 2030-yilgacha boʻlgan davrda gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqladi. BMT Xavfsizlik Kengashining “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” rezolyutsiyasini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejasi amalga oshirilyapti.

    Toʻrtinchidan, Qiynoqlar va zoʻravonlikning boshqa turlari Konstitutsiya va qonunlarimiz darajasida taqiqlangan. Fuqarolik kodeksiga qiynoqlar qurbonlariga yetkazilgan zararni qoplash tartibini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi.

    Beshinchidan, BMT shartnoma organlari tavsiyalariga muvofiq, “Ombudsman plyus” modeli asosida Qiynoqlarning oldini olish boʻyicha Milliy profilaktika mexanizmi yaratildi. Shuningdek, Bolalar huquqlari boʻyicha vakil, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz va Tadbirkorlar huquqlari boʻyicha vakilga jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini nazorat qilish vakolatlari berildi.

    Oltinchidan, Oʻzbekiston BMTning Inson huquqlari sohasidagi taʼlim boʻyicha Jahon dasturida faol ishtirok etyapti. Mamlakatimizda Inson huquqlari boʻyicha milliy taʼlim dasturi amalga oshirilyapti. Imkoniyati cheklangan shaxslar, ayollar, bolalar va migrantlar huquqlari boʻyicha oʻquv kurslari ochilyapti. Bundan tashqari, huquqni muhofaza qilish organlari va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqlarga qarshi kurash boʻyicha doimiy oʻquv kurslari mavjud.

    Yettinchidan, tadbirkorlar uchun inson huquqlari boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etilyapti. Hozirda “Biznes va inson huquqlari” milliy harakat rejasi ishlab chiqilmoqda.

    Sakkizinchidan, mamlakatimizda siyosat, sud-huquq va huquq sohalarida izchil islohotlar amalga oshirilib, jumladan, fuqarolik jamiyati institutlarining diniy erkinlik sohasida ham roli ortib boryapti.

    Toʻqqizinchidan, Saylov kodeksiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovni aralash saylov tizimidan foydalangan holda oʻtkazish tartibini belgilovchi oʻzgartirishlar kiritildi. Bundan tashqari, siyosiy partiyalar tomonidan koʻrsatilgan nomzodlar orasida 30 foizdan 40 foizgacha nomzodlarning umumiy sonida ayollarning minimal ulushini oshirishga qaratilgan oʻzgarishlar kiritilyapti.

    Oʻninchidan, Orol fojiasi bilan kurashish davom etayotgan murakkab sharoitda Markaziy Osiyo mintaqasi dunyoning iqlim oʻzgarishi taʼsiri doirasidagi eng zaif hududlaridan biriga aylanib boryapti. Oʻzbekiston global muammo boʻlib qolayotgan Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solyapti.

    BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining 55-sessiyasi Oliy darajadagi segmenti oʻz ishini 28-fevralgacha davom ettiradi.

    Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi

    Milliy markazining matbuot xizmati.