TTAda “Yosh nevrologlar maktabi”ning 14-yilligiga bagʻishlangan xalqaro anjuman oʻtkazilmoqda

    Oʻqib oʻrganganlarini amaliyotga tatbiq etib borgan yosh mutaxassisdan yaxshi shifokor yetishib chiqadi. Shu maʼnoda nevrologiya tibbiyot matematikasi demakdir. Quyi bosqichdagi oddiy masalani yecha olmagan oʻquvchi “murakkab teoremalar”da qiynalib qolishi mumkin...

    Bugun poytaxtimizda joylashgan “Hilton” mehmonxonasida “Yosh nevrologlar maktabiʼʼning 14-yilligiga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtmoqda.

    Anjumanda Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti nevrologiya kafedrasi professori Ahmedova L.R, TTA nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi professori, Yevropa nevrologiya akademiyasi aʼzosi Raximbayeva G.S, TTA nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi professori, “Yosh nevrologlar maktabiʼʼ asoschisi Yakubova.M va yosh nevrologlar ishtirok etmoqda.

    — Ushbu anjuman davomida zamonaviy nevrologiyada yangi yondashuvlarni kashf etilishi mumkinligi, yangi maʼlumotlarni oʻzaro muhokama qilish orqali hali yechilmagan muammolarni birgalikda yechishimiz imkoniyatiga ega boʻlishimiz haqida qiziqarli maʼruzalar oʻqilmoqda. Bu esa biz “Yosh nevrologlar” ning mazkur sohaga qiziqishimizni yanada oshiradi, — deydi TTA 3-kurs talaba Sevinch Nosirova.

    Shuningdek anjumanda TTA nevrologiya va psixologiya kafedrasi professori, “Yosh nevrologlar maktabiʼʼ rahbari Yakubova.Mning “Individuallashtirilgan skleroz davosi” mavzusidagi taqdimot qildi.

    Anjuman davomida nevrologiya sohasidagi yangi ilmiy ishlanmalar borasidagi qator maʼruzalar reja qilingan.


    Hamkorlik materiali